Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi harbiy mojarolar va bu jarayonga G‘arb mamlakatlarining aralashuvi jahon iqtisodiyotida pandemiyadan so‘ng yana bir jiddiy o‘zgarishlar, iqtisodiy inqiroz hamda xalqaro savdo tizimida oxiri ko‘rinmaydigan muammolarni keltirib chiqarishiga sabab bo‘lmoqda.
Bunga AQSHning bosimi ostida Yevropa Ittifoqi hamda boshqa davlatlarning birgalikdagi Rossiyaga nisbatan joriy etayotgan keng ko‘lamdagi sanksiyalarini misol keltirish mumkin. Ushbu sanksiya atrofidagi turli xavotirlar haqiqatan ham o‘rinlimi? Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti loyiha rahbari, Iqtisodiyot fanlari doktori Nodirbek Rasulov bu borada o‘z fikrlarini bildirdi.
So‘nggi kunlarda Rossiya bilan Ukraina o‘rtasidagi vaziyatning keskinlashuvi oqibatida AQSH boshchiligida dunyoning ko‘plab mamlakatlari tomonidan Rossiyaga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar soni 5,5 mingdan ortib ketdi. Albatta, bu harakatlar juda ko‘plab, tahlilchilar, ekspertlar va siyosatchilar tomonidan keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Chunki e’lon qilingan sanksiyalar nafaqat Rossiyaga, balki butun jahon iqtisodiyotining o‘sishiga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazadi. Bu o‘z navbatida xalqaro miqyosda ko‘plab iqtisodiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Deyarli har kuni Rossiyaga nisbatan e’lon qilinayotgan cheklov choralari va ularning soni oshib bormoqda. Bir so‘z bilan aytganda Rossiyaga nisbatan xalqaro boykot e’lon qilindi desak ham bo‘laveradi. Albatta, bu joriy etilayotgan sanksiyalar Rossiya iqtisodiyoti uchun katta talafotlar keltirishi aniq. Shu bilan birga ushbu iqtisodiy sanksiyalar AQSH, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sirini ko‘rsatishni boshladi.
Albatta AQSH bosimi ostida Rossiyaga nisbatan amalga oshirilayotgan bu sanksiyalar tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi uchun ham ijtimoiy jihatdan, ham iqtisodiy jihatdan ancha qimmatga tushishi bashorat qilinmoqa. Ayniqsa, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportidan Polsha, Sloveniya, Bolgariya kabi mamlakatlar fermerlari katta zarar ko‘rmoqda.
Rossiya iqtisodiyoti G‘arbning iqtisodiy cheklovlariga, sanksiyalariga nisbatan moslashuvchanligi va himoyalanganligini oshirgan holda iqtisodiy immuniteti kuchayib bormoqda. Natijada farmatsevtika, sanoat, xizmatlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zida ishlab chiqarishga va iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishga harakat qilmoqda. Shuningdek, asosiy import mahsulotlarni Xitoy va Osiyo davlatlaridan olishga harakat qilmoqda. Albatta, bu harakatlar O‘zbekiston biznesi uchun ham Rossiyaning bozorlarida yangi joylarni egallashga imkoniyat yaratadi.
Rossiya va Ukraina o‘rtasida bo‘layotgan inqiroz hamda Rossiyaga qarshi sanksiyalar, albatta, O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘z ta’sirini o‘zkazmasdan qolmaydi. 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi yoki 37,7 foizi MDH davlatlariga to‘g‘ri kelib, Rossiya bilan 7,5 milliard AQSH dollar (eksport 2,1 va import 5,4 milliard dollar) va Ukraina bilan esa 704,0 million dollarni tashkil etgan.
2021 yilda O‘zbekistonning YEOII bilan savdosi aylanmasining 59 foizi Rossiyaga, 31 foizi Qozog‘istonga, 7 foizi Qirg‘izistonga hamda 3 foizi Belarus davlati hissasiga to‘g‘ri kelgan. Tahlillarning ko‘rsatishicha Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi siyosiy inqiroz va iqtisodiy sanksiyalar nafaqat O‘zbekiston iqtisodiyotiga, balki qo‘shni MDH mamlakatlari iqtisodiyotiga o‘z ta’sirini ko‘rsata boshladi.
Sanksiyalarning oqibatlari, avvalo, mehnat migrantlari daromadiga, tashqi savdo balansiga, valyuta tushumiga, inflyatsiya, aholi daromadlari, investitsiya loyihalari va YAIM kabi maroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin.
Iqtisodiy sanksiyalarning O‘zbekiston iqtisodiyotida ko‘rsatadigan salbiy oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha hukumat tomonidan zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Chunki mamlakatda sanksiyalarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini yumshatish bo‘yicha vakolatli davlat organlari hamda mutaxassislar tomonidan quyidagi yo‘nalishda chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
Birinchidan, Markaziy bank tomonidan Rossiyada mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan migrantlar uchun O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish bo‘yicha qulayliklar yaratish maqsadida tijorat banklariga Rossiya rublining o‘zbek so‘miga nisbatan sotish va sotib olish kursini mustaqil ravishda joriy xalqaro kotirovkalarga asosan belgilanishini, zaruriyatga ko‘ra o‘zgartirib borilishiga ruxsat berdi.
Chunki sanksiyalar sabli Rossiya SWIFT tizimidan uzib qo‘yildi. SWIFT tizimini ishlamasligi fuqarolarimizni Rossiyadan pul o‘tkazmalarni amalga oshirishdan mahrum etdi. Shuning uchun Markaziy bank tijorat banklariga rubl ayirboshlashni to‘xtatib qo‘ymaslikni, sotib olish va sotish kursi o‘rtasidagi farqni maqbul darajada saqlab turishni tavsiya etdi.
Ikkinchidan, sanksiyalar sabab xorijdan kelishi kutilayotgan mehnat migrantlari uchun Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamkorlikda ish joylarini tashkil etish chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda.
Uchinchidan, O‘zbekistondan bahor-kuz oylarida xorijiy mamlakatlarga mavsumiy ishlash uchun borish imkoniyatidan mahrum bo‘lganlarni ish bilan ta’minlash maqsadida ishsiz bo‘lgan fuqarolarni jamoat ishlari hamda mavsumiy ishlarga jalb qilishda hokim yordamchilarini jalb etish mexanizmlari takomillashtirilmoqda.
To‘rtinchidan, sanksiyalar tufayli Rossiya bozorlarida yuzaga keladigan bo‘shliqlarni O‘zbekiston tovarlari va xizmatlari orqali to‘ldirish imkoniyatlarini izlab topish lozim. Buning uchun tezlik bilan chuqur marketing izlanishlarini amalga oshirish lozim bo‘ladi. Bu O‘zbekiston uchun iqtisodiy jihatdan katta imkoniyat hisoblanadi.
Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, ijtimoiy tarmoqlar yoki boshqa manbalar orqali ayrim foydalanuvchilar tomonidan bildirilayotgan vahima va sarosimalarga hech qanday hojat yo‘q. Xalqimiz teziroq Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf bo‘lishini, harbiy mojaroni to‘xtashi tarafdori. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”