
Foto: Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Don mahsulotlari va yoqilg‘i narxining oshishi dunyoning bir qancha mintaqalarida ocharchilikni yuzaga keltirishi mumkin. Bu haqda Guardian nashri ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, global isish va koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan oziq-ovqat muammosiga Rossiyadan g‘alla eksportining taqiqlanishi, Ukrainadan g‘allani eksport qilish imkoni yo‘qligi ham qo‘shildi. Bu esa jahon bozorlarida don narxining 25 foizga oshishiga olib keldi. Urush yana uzoq vaqt davom etadigan bo‘lsa, jahon bozorlarida g‘alla va oziq-ovqat narxining yanada oshishi kuzatiladi.
Vaziyatni iqlim omillari ham og‘irlashtirmoqda: Kanadada qurg‘oqchilik, Sharqiy Afrikada, aksincha, o‘ta yomg‘irli uch mavsum tufayli don yetishtirishda muammolarga duch kelishdi, bu esa hosilning pasayishiga va chorva mollarining yo‘qolishiga olib keldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar