15:39 / 14.03.2022
3 321

Ramzan Qodirov o‘zining Ukrainada ekani haqidagi xabarlarga izoh berdi

Ramzan Qodirov o‘zining Ukrainada ekani haqidagi xabarlarga izoh berdi
Foto: «Kommersant’»
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotida ishtirok etayotgan chechen askarlari orasida tushgan videosiga izoh berdi. Qodirovning aytishicha, video Kiyev aglomeratsiyasi tarkibiga kiruvchi Gostomel qishlog‘idan olingan.

«Sizning razvedkangiz oqsoq... Videoda biz Gostomeldamiz. O‘tgan kuni sizdan taxminan 20 km uzoqlikda edik», — deb yozdi Qodirov Telegram’da. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir Checheniston xavfsizlik kuchlari «yanada yaqinroq kelgan».

«Qancha yaqinlashganimizni taxmin qilingchi? Bir ishora keltiraman: balki allaqachon Kiyevdadirmiz va shunchaki kerakli jamoani kutayotgandirmiz? Tayyorgarlik uchun bizga bir daqiqa kifoya», — deya qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq Ukraina OAVlari razvedka ma’lumotlariga tayanib, Qodirov Kiyev yaqinida bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergandi.

Vladimir Zelenskiy idorasi rahbari maslahatchisi Aleksey Arestovichning aytishicha, agar Checheniston rahbari haqiqatan ham shu hududda bo‘lsa, Ukraina qurolli kuchlari uni yo‘q qiladi. «Nega endi ‘agar’? Videoni ko‘rmadingizmi yoki eshigingizni taqillatishim kerakmi?», — deya javob qaytargan Ramzan Qodirov.

Rossiya 24 fevraldan beri Ukrainada prezident Vladimir Putinning buyrug‘i bilan harbiy amaliyot o‘tkazmoqda. Shu fonda Moskva va Kiyev vakillari o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda. Ularning navbatdagi raundi bugun, 14 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov o‘zining Ukrainada ekani haqidagi xabarlarga izoh berdi