1 300
Qozog‘istonda ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha jinoiy ishga 11 nafar o‘zbekistonlik ham tortilgan
Qozog‘istonda yanvar oyida sodir bo‘lgan ommaviy norozilik namoyishlari sabab 19 nafar xorij fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.
«Ayni vaqtda yanvar oyidagi voqealar sabab 19 nafar xorij fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi olib borilmoqda. Ularning 11 nafari — O‘zbekiston, to‘rt nafari — Rossiya, ikki nafari — Qirg‘iziston hamda bir nafardan Xitoy va Tojikiston fuqarolaridir.
Mazkur fuqarolarning tartibsizliklarda qilgan harakatlari ‘o‘g‘irlik’ moddasi bo‘yicha baholanmoqda. Tergov davom etmoqda, o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin», — deydi Jinoiy surishtiruv xizmati boshlig‘i Serik Shalabayev.
Bosh prokuratura yanvar voqealari chog‘ida Qozog‘iston hududiy yaxlitligi uchun xavf-xatarlar bo‘lganini ma’lum qilgan.
Avvalroq Qozog‘istonda yanvar oyida sodir bo‘lgan ommaviy tartibsizliklar oqibatida qo‘lga olingan 18 nafar xorijlik hamon hibsda qolayotgani, ularning aksariyatini O‘zbekiston fuqarolari tashkil etishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 2 yanvar kuni gaz narxi keskin oshishi sababli ommaviy norozilik namoyishlari boshlanib, bir necha kundan so‘ng ular tartibsizliklarga aylangandi. 4 va 5 yanvar kunlari Olmaotada namoyishchilarning xavfsizlik xodimlari bilan to‘qnashuvi kuzatilgan.
Mamlakatdagi keskinlik munosabati bilan To‘qayev KXSHT (Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti)ga murojaat qilib, yordam so‘radi. Tashkilot cheklangan muddatga respublikaga tinchlikparvar kontingent yuborgandi. Shuningdek, To‘qayev tartibsizliklar sabablarini o‘rganuvchi, aybdorlarni aniqlovchi va javobgarlikka tortuvchi tergov guruhini tuzishni buyurgan. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tartibsizliklar ishtirokchilari xorijda malaka oshirgan.
Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, maxsus operatsiyalar davomida 4000 nafarga yaqin terrorchi hibsga olingan, 26 nafar «qurolli jinoyatchi» o‘ldirilgan, yana 18 nafari yarador qilingan. Qozog‘iston Bosh prokuraturasi ommaviy tartibsizliklar, shuningdek, terrorchilik aktlarini sodir etish bo‘yicha tergov doirasida jinoiy ish qo‘zg‘atdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”