
Foto: Shutterstock
Rossiya hukumati 2022 yilning 30 iyuniga qadar bug‘doy, meslin, arpa, makkajo‘xori va javdar, 31 avgustgacha esa shakar eksport qilishga cheklov joriy qildi.
Rossiya hukumati 14 martdan boshlab Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga bir qancha turdagi donli ekinlar, oq shakar va shakarqamish eksport qilish bo‘yicha cheklovlar joriy qildi. Xususan, 2022 yilning 30 iyuniga qadar bug‘doy, arpa, meslin, makkajo‘xori va javdar, 31 avgustga qadar esa shakar eksport qilish taqiqlanmoqda.
Yuqoridagi mahsulotlarni eksport qilishda bir qator istisnolar mavjud. Xususan, ushbu tovarlarni gumanitar yordam ko‘rsatish uchun, shuningdek, xalqaro tranzit tashish doirasida Rossiyadan tashqariga yetkazib berish mumkin bo‘ladi.
Bu qarorning qabul qilinishi tashqi cheklovlar sharoitida ichki oziq-ovqat bozorini himoya qilish zarurati bilan izohlangan.
Avvalroq, Rossiya qishloq xo‘jaligi va savdo-sanoat vazirliklari 15 martdan 30 iyungacha Rossiyadan bug‘doy, javdar, arpa va makkajo‘xori eksport qilishni taqiqlashni taklif qilayotgani xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, jahondagi bug‘doy eksportining 30 foizi, makkajo‘xori eksportining 20 foizi va kungaboqar eksportining 76 foizi Ukraina va Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar