date
views 1 677

Turkmanistonda yangi prezident saylandi

Turkmanistonda yangi prezident saylandi
12 mart kuni boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari prezident saylovida Serdar Berdimuhamedov saylovchilarning 72,97 foiz ovozini toʻplab, Turkmanistonning keyingi etti yillikdagi prezidenti etib saylandi.

Saylovda Turkmaniston aholisining 97,17 foizi ishtirok etgan. Serdar Berdimuhamedovning inauguratsiyasi 19 mart kuni oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Berdimuhamedovning raqibi, prorektor Xidir Nunnaev 11,06 foiz ovoz olgan. Shuningdek, uchinchi oʻrinni Mari viloyati hokimi oʻrinbosari Agadjan Bekmuradov olgan 7,22 foiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo