19:26 / 15.03.2022
2 387

Rossiya bug‘doy eksportini chekladi. Bu O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?

Rossiya bug‘doy eksportini chekladi. Bu O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?
Rossiya Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) mamlakatlariga don eksportini vaqtinchalik taqiqladi. Bu haqda Rossiya Vazirlar Mahkamasi saytida xabar berildi.

Don mahsulotlariga o‘rnatilgan taqiq 30 iyungacha joriy qiladi. U bug‘doy va meslin, javdar, arpa va makkajo‘xori uchun ham amal taalluqli.

Bu O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?
O‘zbekiston EOIIga kirmaydi, shu tufayli Rossiyadan bug‘doy importi bo‘yicha cheklovlar yo‘q.

Bundan tashqari, O‘zbekiston uchun asosiy bug‘doy importchi – Qozog‘iston, O‘zbekiston Rossiya bug‘doyini deyarli sotib olmaydi.
Masalan, yanvar oyida mamlakatga 26,8 ming tonna bug‘doy kirib kelgan, uning deyarli butun hajmi (99,2 foiz) Qozog‘iston hisobiga to‘g‘ri keldi.

Rossiyadan yanvar oyida 152 tonna bug‘doy import qilingan – bu umumiy hajmdan 1 foizdan ham kam.

Qozog‘iston orqali ta’sir bo‘lishi mumkinmi?
Qo‘shni mamlakatda taqiq haqidagi xabarlarga ijobiy munosabat bildirildi. Qozog‘istonning dalachilik uyushmasi raisi Viktor Aslanovning so‘zlariga ko‘ra, buning natijasida mamlakat ichki bozoridagi narxlar barqarorlashishi mumkin.

«Bu Qozog‘iston biznesi uchun, shubhasiz yaxshi yangilik. Sababi erkin savdo boshqa, biroq bizda yana bir boshqa erkin savdo mavjud. Men Rossiyadan Qozog‘sitonga olib kelinadigan bug‘doy kontrabandasini nazarda tutyapman. Shu yo‘l orqali olib kelingan bug‘doy o‘z mahsulotimiz narxini pasaytirmoqda», — deydi Aslanov.

Uning ta’kidlashicha, kontrabanda bilan kurashish uchun qozog‘istonlik fermerlar o‘z tovarlari narxini tushirishiga to‘g‘ri keladi.
«Endilikda taqiq haqida e’lon qilinganda, u to‘liq ish bersa, narxlar o‘z joyiga tushishi aniq. Tovar narxi oshadi, ammo bu o‘sish tabiiy bo‘ladi. Biz shunchaki yo‘qotganlarimizni qaytarib olamiz», – deb izohlaydi Aslanov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya bug‘doy eksportini chekladi. Bu O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?