1 769
AQSH Lukashenkoning 38 xil variantdagi ismi va familiyasini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi
Foto: «4esnok.by»
AQSH Moliya vazirligi Aleksandr Lukashenkoning rafiqasi Galinani sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida ma’lumot berilgan.
Galina Lukashenko — Belarus prezidentining turmush o‘rtog‘i va katta o‘g‘illari Viktor hamda Dmitriyning onasi (ular ham Aleksandr Lukashenko kabi AQSH sanksiyalariga uchragan). Ayol eri 1994 yilda Belarus prezidentligiga saylanganidan beri undan alohida yashaydi. Lukashenkoning tarjimai holida rafiqasi haqida ma’lumotlar berilmagan.
Bundan tashqari, AQSH Moliya vazirligi Aleksandr Lukashenko ismi, familiyasi va sharifi borasida aniqlik kiritgan. Vazirlikning sanksiyalar ro‘yxatiga ushbu so‘zlarning 38 xil shakli yozilgan. Ro‘yxatda rus va belarus tillaridagi turli transliteratsiyadagi variantlar ko‘zda tutilgan. Mazkur aniqlashtirishlar nima uchun qo‘shimcha qilingani hozircha noma’lum.
AQSH va boshqa g‘arb davlatlarining hukumatlari Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin Minsk rasmiylariga nisbatan sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirgan. Rossiya armiyasi Ukrainaga Belarus hududidan turib ham hujum qilmoqda. Biroq belaruslik harbiylarning jangovar harakatlardagi ishtiroki borasida rasmiy axborotlar yo‘q.
15 mart kuni Aleksandr Lukashenko go‘yoki Belarusga uchirilgan Ukrainaning «Tochka U» raketasi xavfsizlantirilganini ma’lum qilgan. Lukashenko ushbu harakatni Belarusni urushga qaytarishga urinish deb atagan. Shuningdek, u belaruslik harbiylarning jangovar harakatlarda ishtirok etmasligini qayd etib, Rossiya hukumati ham ularni urushga chorlamayotganini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi