
Ostankino tuman sudi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda Ukrainadagi urushni to‘xtatishni talab qilgan Rossiyaning «Birinchi kanal»i xodimasi Marina Ovsyannikovani 30 ming rubl jarimaga tortdi.
Muharrir ayol qonunga xilof ravishda ommaviy norozilik aksiyasi o‘tkazganlikda aybdor deb topildi. Ovysannikova urushga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazmagan, biroq efir vaqtida odamlarni urushni qoralashga chaqirgan.
Shuningdek, Ovsyannikovaga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining rossiyalik harbiylar haqida «yolg‘on axborotni ommaviy ravishda tarqatish» moddasi bo‘yicha tekshiruv davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar