date
views 2 285

Lavrov Ukrainadagi vaziyat nima sababdan tinch yoʻl bilan hal qilinmaganini aytdi

Lavrov Ukrainadagi vaziyat nima sababdan tinch yoʻl bilan hal qilinmaganini aytdi
Foto: «RIA Novosti»
Ukraina atrofidagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilishning iloji boʻlmadi, chunki buni Gʻarb xohlamadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov «RBK»ga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

«Bu umuman Ukraina haqida emas. Toʻgʻrirogʻi, Ukraina emas, balki jahon huquqiy tartibi haqida. AQSh butun Evropani egallab olgan. Bu zamonaviy tarixning eng muhim davri. Bu dunyo tartibini qay yoʻsinda oʻrnatish uchun kurashni aks ettiradi», — dedi Lavrov.

Vazirning soʻzlariga koʻra, Gʻarb davlatlari «muayyan qoidalarga asoslangan dunyo tartibi» atamasini oʻylab topishgan. «Bu qoidalar tor doirada yozilgan. Bunga parallel ravishda tor doiradagi, norasmiy tuzilmalar yaratildi. Gumanitar qonun va BMTning maxsus agentligi bor. Evropa Ittifoqida esa bunday masalalar boʻyicha maxsus hamkorlik yaratildi, u erda qarorlar jahon hamjamiyatini hisobga olmasdan qabul qilinadi», — ta'kidladi u.

«Siz nima uchun tinch yoʻl bilan hal qilib boʻlmadi, deb soʻradingiz. Biz muammoni tinch yoʻl bilan hal qilishni koʻp yillar davomida taklif qilib kelayotgandik», — dedi Lavrov.

2021 yilning dekabr oyida Rossiya AQSh va NATOga xavfsizlik kafolatlari boʻyicha takliflar kiritgan edi. Unda Moskva sakkiz bandni amalga oshirishni talab qilgan: jumladan bular bir-birining xavfsizligiga zarar etkazmaslik, boshqa davlatlardan qurolli hujumga tayyorgarlik koʻrish maqsadida foydalanmaslik, NATOni sharqqa tomon kengaytirmaslik, NATOning sobiq SSSR mamlakatlarida bazalar tashkil etishiga yoʻl qoʻymaslik, qurolli kuchlarni bir chiziqda joylashtirmaslik, mamlakatlarning oʻrta va qisqa masofali raketalarini, shuningdek, yadro qurollarini milliy hududdan tashqarida joylashtirmaslik kabilarni oʻz ichiga oladi.

Moskvaning ta'kidlashicha, NATO va AQSh Rossiyaning takliflarini e'tiborsiz qoldirgan.

24 fevral kuni esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassdagi mahalliy aholini «genotsid»dan qutqarish maqsadida maxsus operatsiya boshlanganini e'lon qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo