2 091
«Yangi eski Sovet Ittifoqi» — G‘arb kompaniyalarining Rossiyani tark etishi nimani anglatadi?
Foto: EPA / Maksim Shipenkov
1990 yilning qahraton qish sovug‘ida 30 ming rossiyalik Moskvadagi Pushkin maydonida navbatda turar edi. Soatlab navbatda kutish evaziga ular mamlakatdagi birinchi McDonald’s restoranining gamburger va kartoshka frisini tatib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Shundan keyingi yillarda G‘arbning qator kompaniyalari Rossiyaning kommunizmdan kapitalizmga o‘tishi orqali mamlakatdan foyda ko‘rishga urindi. Ular aholi uchun taqchil bo‘lgan Amerika fastfudi, avtomobillar va moda sanoatini olib kirishdi va yirik korxonalarni qurishdi. Starbucks, iPhone va IKEA Moskva va Sankt-Peterburgda yashovchi rossiyaliklar kundalik hayotining bir qismiga aylandi. Ammo Rossiyaning Ukrainaga bosqini hammasini barbod bo‘lishiga sabab bo‘ldi, deb yozadi Wall Street Journal.
«Oltin talvasasi»
Sovet Ittifoqi uzoq yillar davomida asosiy iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishga e’tibor qaratgan. Bular sport poyabzallari, shokolad va ayniqsa, mashhur Lada avtomobillari va boshqalardan iborat edi. Vaziyat Sovet rahbari Mixail Gorbachyovning, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy tizimini qayta tuzish uchun 1980 yillarda «qayta tuzish» islohotini boshlaganida o‘zgardi.
Bu 1991 yil Sovet Ittifoqining qulashidan so‘ng mamlakatga xorij kompaniyalarining kirib kelishi uchun yangi imkoniyat eshigini ochdi.
Rossiya aholisi Xitoy aholisining bor-yo‘g‘i bir qismini tashkil qilar edi, ammo o‘sha paytda iqtisodiyot liberalizatsiyasi qo‘shni Osiyo mamlakatinikidan tezroq yuz berardi.
Foto: AP Photo / Liu Heung Shing
O‘z do‘konini ochayotgan har qanday biznes nafaqat rossiyaliklarga, balki sobiq Ittifoq mamlakatlarining ko‘plab aholisiga ham o‘z tovarlarini sota olar edi.
- Bu xuddi oltin talvasasiga o‘xshardi, – deydi Goldman Sachs’dan ketib, 1993 yil Amerikaga ko‘chib otgan bankir Bernard Suxer.
Avval Rossiyaning Bank of America Corp. biznesini boshqargan Suxer ketishidan oldin G‘arb banklarining amerikalik mansabdorlar yordamida yozilgan so‘z erkinligi qoidalari asosidagi yangi moliyaviy bozorda ustunlikka erishishga urinayotganini ko‘rgan edi.
Ittifoqning qulashidan keyin yuz bergan iqtisodiy inqiroz davrida G‘arbning yirik neft kompaniyalari Rossiya va sobiq Ittifoq davlatlari sari yo‘naldi va aktivlarga sarmoya kiritdi.
G‘arbning avtomobil sanoati ham chanqoq iste’molchilarni, shuningdek, u o‘zi foydalana oladigan va takomillashtira oladigan mavjud ta’minot zanjirini topa oldi.
1999 yil Yangi yil kirib kelishi arafasida Boris Yelsin Rossiyani o‘z yangiligi bilan hayratda qoldirib, prezidentlikdan ketishini e’lon qildi. Uning o‘rnini o‘sha paytlarda bosh vazir lavozimidagi Vladimir Putin egalladi.
Foto: Getty Images / Oleg Nikishin
Kutilmaganda Rossiya keyingi o‘n yil mobaynida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan iqtisodlardan biriga aylandi. Putin jismoniy shaxslar uchun 13 foizlik yagona soliqni joriy qildi va Markaziy bank tizimini qayta tuzdi. U va uning qo‘l ostidagilar korrupsiyani yo‘q qilishga va’da berdi.
Inflyatsiya nazorat ostiga olindi.
- Oldinlari naqd pullar ertalab soat 10 da olinib, tushlikkacha sarflanib yuborilgan bo‘lsa, endi rossiyaliklar ertangi kun, hafta va oylar haqida ham o‘ylashardi, – deydi Suxer.
O‘sha davrdagi iqtisodiy barqarorlik, neft narxining 1998 yildagi 14 dollardan 2008 yilda 100 dollargacha ko‘tarilishi bilan birgalikda 2000 yillardagi Rossiya rivojlanishining cho‘qqiga chiqishga sabab bo‘ldi.
Rossiyada o‘rta qatlamning o‘sishi va uning xorij avtomobillarini sotib olishga bo‘lgan ishtiyoqi ba’zi avtokorxonalarni mahalliylashtirishga turtki bo‘ldi. GM’ning sobiq rahbari Makkormak Sankt-Peterburgdagi yangi zavod qurilishiga bosh-qosh bo‘ldi. Taxminan, o‘sha paytlarda Toyota Motor Corp. ham yaqin atrofda o‘z yangi zavodini ochgan edi.
Rossiya importi 2000-yislgi 44,9 mlrd dollardan 2008 yili 291,9 mlrd dollargacha o‘sdi, deyiladi AQSH Kongressining Tadqiqot xizmati hisobotida.
Yangi eski Sovet Ittifoqi
AQSH va unga ittifoq davlatlar tomondan joriy qilingan shafqatsiz sanksiyalar va kuchli bosimlar Rossiyada biznes yuritishni imkonsiz qilib qo‘ydi. Yuzlab kompaniyalar, xususan, McDonald’s Corp., avtomobil korxonalari, neft gigantlari va banklar mamlakatdagi o‘z faoliyati tugaganini bildirdi. G‘arb restoranlari va do‘konlari zulmatga cho‘mdi.
Bunga javoban Rossiya hukumati G‘arb kompaniyalaridan qolgan aktivlarni milliylashtirish g‘oyasini ilgari surdi.
- G‘arb biznesining ketishi «tosh asriga qaytish» bilan barobar, — deb o‘z fikrini bildiradi Moskva universiteti o‘qituvchisi Aleksandr Isavnin.
Garchi jahon brendlari yirik shaharlarning har qadamida uchrasa ham, ular kichik shahar yoki qishloqlarda yashovchi qashshoq rossiyaliklar uchun hamon orzuligicha qolar edi.
Rossiyadagi ko‘plab G‘arb kompaniyalari va brendlari uchun yuqori ko‘rsatkichlar pasaya boshladi. Korrupsiya va beqarorlik o‘sish sur’atlarini sekinlashtirdi.
Foto: Erin Trieb / Bloomberg
Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaga bevosita xorij sarmoyalari oqimi 2008 yilda cho‘qqiga chiqib, 75 mlrd dollarni tashkil qilgan edi. Ular global retsessiya, so‘ng 2013 yildan keyin keskin qisqardi. 2020 yilda xorij investitsiyalari hajmi 9 mlrd dollarni ko‘rsatdi.
Rossiya biznesining uzoq yillik a’zolari uchun Ukraina nizolari qaqshatqich zarba bo‘ldi.
- Bu, shubhasiz, davrning poyoniga yetishi. Bundan keyin nima yuz bersa ham oldingi paytlar endi qaytmaydi, – deydi 1997 yildan 2000 yilgacha Moskvada Amerika savdo palatasi prezidenti bo‘lgan Skott Bleklin.
Pirat partiyasi a’zosi Isavnin ko‘plab rossiyaliklar AQSH va Yevropani ularni tashlab ketganlikda ayblashi, Rossiya kelajagi esa uning o‘tmishdagi ahvoliga o‘xshab qolishidan xavotirlanmoqda.
- Farzandlarim endi yangi eski Sovet Ittifoqida yashaydi, — deydi u. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ilon Mask: “Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Mask Ukrainaga yordam berishni AQSHning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi
Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi
General Kirillovning qotillik ishi ochilishida O‘zbekiston tomoni ham ishtirok etadi
Germaniyada Rojdestvo yarmarkasida terakt sodir etildi
Rossiyalik harbiylar Kiyevga ballistik raketa bilan hujum qildi
Jakartada "Imom Buxoriy: O‘zbekiston islom san’ati" ko‘rgazmasi ochildi