
Foto: Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Rossiya Ukrainaga ukrainalik harbiylarning barchasi Mariupolni 21 mart kuni soat 10dan soat 12ga qadar «hech qanday qurol yoki o‘q-dorilarsiz kelishilgan marshrut bo‘yicha» tark etish bo‘yicha rejani taqdim etgan. Bu haqda RF Mudofaasi boshqaruvi Milliy markazi rahbari Mixail Mizinsev xabar qildi.
«Ukraina qurolli kuchlari bo‘linmalari, hududiy mudofaa batalonlari, xorijiy yollanma askarlarni harbiy harakatlarni to‘xtatish, qurollarni topshirish va Ukraina tomoni bilan kelishilgan gumanitar yo‘lak orqali Kiyev nazoratidagi hududga o‘tishga chaqiramiz. Qurolni tashlaganlarning barchasining Mariupoldan xavfsiz chiqishi va ularning hayoti saqlab qolinishi kafolatlanadi», — deya uning so‘zlarini keltirgan TASS.
Ukraina vitse-premeri Irina Vereshchuk Kiyev rossiyalik harbiylar mart oyi boshidan buyon qamal qilayotgan Mariupolni topshirish bo‘yicha bunday ultimatumni qabul qila olmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, RF mudofaa vazirligi maktubida shahardan tinch aholi evakuatsiyasi faqat ukrainalik harbiylar qurolni tashlab, shahardan chiqqanidan keyin boshlanishi mumkinligi aytilgan.
«8 sahifalik maktubda yana tarixga qaytilgan va boshqa bo‘lmag‘ur gaplar. Ular bunday maktubni BMTga ham, Qizil xoch qo‘mitasiga ham jo‘natishgan va xalqaro tuzilmalar bunga e’tibor qaratib, Ukrainaga bosim qila boshlashiga umid qilishgan. Bu ro‘y bermadi. Qizil xoch va BMT bu Rossiyaning manipulyatsiyasi ekani va u yerdagilar garovga olingan odamlar ekanini tushunishadi.
Hech qanday topshirish, qurollarni tashlash haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Biz Rossiya tomoniga bu haqda ma’lum qildik. Men shunday yozdim: «Siz 8 sahifalik xat yozishga vaqt ketkazguncha — shunchaki gumanitar yo‘lak oching», — degan Vereshchuk «Ukrainskaya pravda» uchun bergan izohida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar