
Foto: Shutterstock
Putinning Rossiya «do‘st bo‘lmagan» mamlakatlar bilan gaz uchun hisob-kitobni rublda amalga oshirishini eʼlon qilganidan so‘ng Yevropada gaz narxi keskin oshdi, deb xabar berdi “Forbs”.
Xabarda aytilishicha, ming kub metr gaz narxi 1353 dollargacha yoki 1 Mvt-s uchun 118 yevrogacha ko‘tarilgan. Bu 22 mart kungi narxdan 20 foizga ortiq.
Qayd etilishicha, Rossiya prezidentining bayonotidan so‘ng narx 10 daqiqa ichida 10 yevroga oshgan. Keyinroq narx 116,4 yevroga tushgan.
Brent rusumidagi neft narxi ham ko‘tarilgan. May fyuchersi uchun bir barrel neft narxi 4,3 foizga oshib, 120,5 dollarni tashkil etgan.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin «do‘st bo‘lmagan» mamlakatlarga gaz rublda sotilishini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya «hisob-kitoblarda o‘zini oqlamagan barcha valyutalardan foydalanishdan voz kechadi». “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar