12:37 / 19.02.2015
11 955

Rossiya FMX mehnat muhojirlari uchun patentlar muddatini 1 yillik qilib belgiladi

Rossiya FMX mehnat muhojirlari uchun patentlar muddatini 1 yillik qilib belgiladi

Rossiya Federal migrasiya xizmatining shu yilning 15 yanvaridan boshlab Rossiya hududiga ishlash uchun keluvchi muhojirlar uchun mehnat patentlari berishni boshlashi haqida ma’lum qilingan edi.

Rossiya Yagona Migrasion markazi boshlig‘i o‘rinbosari Ekaterina Egorova shunday patentlar 1 yil muddatga berilishini ma’lum qildi.

“Patentlar bir yil muddatga, tegishli shartlar bajarilganidan keyin beriladi”, – deb ma’lum qildi Ekaterina Egorova “Rossiya 24″ telekanali efirida.

Tegishli shartlar sifatida murojaat qiluvchining tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, barmoq izlarini qoldirishi, rus-tili, rus tarixi hamda Rossiya qonunchiligidan olinadigan imtihonlardan o‘tishi va patent uchun belgilangan pulni (1,5 ming rubldan boshlanadi) to‘lashi kerakligi ta’kidlandi.

“Bunday patentni olgan ishchilar Rossiya hududida 1 yil davomida vizasiz harakat qilishi mumkin bo‘ladi”, deb ma’lum qildi Egorova.

Uning ta’kidlashicha, 1 yil o‘tib, patent muddatini 5 yilga uzaytirish mumkin va bunda yuqorida qayd etilgan imtihonlarni topshirish shart hisoblanmaydi.

Yana ta’kidlanishicha, Rossiyada faoliyat ko‘rsatish maqsadidagi yuridik va jismoniy shaxslar uchun yagona patent tizimi joriy qilinadi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya FMX mehnat muhojirlari uchun patentlar muddatini 1 yillik qilib belgiladi