Foto: Evelyn Hockstein / Reuters / Scanpix / LETA
AQSH prezidenti Jo Bayden Vladimir Putin haqida nima deb o‘ylashi haqidagi savolga javoban shunday dedi: «U qassob». Bu haqda Bayden Varshavada ukrainaliklar bilan uchrashuvidan keyin jurnalistlar bilan o‘tkazilgan suhbatda aytib o‘tdi.
Keyinroq amerikaliklar prezidenti matbuot anjumani o‘tkazdi, unda Ukrainaga qarshi urush Rossiya uchun «strategik muvaffaqiyatsizlik»ka aylanganini aytib o‘tdi. Baydenning so‘zlariga ko‘ra, bu urush Rossiyani XIX asrga uloqtirib yuborgan.
Putin haqida gapirar ekan, Bayden bu odam hokimiyatda qolishi mumkin emas»ligini aytdi. AQSH prezidenti rossiyaliklarga ham murojaat qildi va «Rossiya xalqi bizga dushman emas» deb aytdi. Baydenning so‘zlariga ko‘ra, u rossiyaliklar «begunoh bolalar o‘ldirilishi, Ukrainadagi maktablar hamda shifoxonalarning bombardimon qilinishini ma’qullashiga ishonmaydi.
- Allaqachon o‘lib bo‘lgan imperiyani tiriltirmoqchi bo‘lgan diktator hech qachon bunga erisha olmaydi. Erkin insonlar buni hech qachon qo‘llashmaydi. Erkin insonlar zulmat hukmron bo‘lgan dunyoda yashashdan voz kechishadi. Biz yorug‘likka, demokratiyaga, imkoniyatlar erkinligiga intilmoqdamiz. Xudo bizning himoyachilarimiz va bizning erkinligimizni yorlaqasin!
Biz yana ozodlik uchun buyuk kurashga, demokratiya va avtokratiya o‘rtasida bo‘ladigan kurashga kirishdik. Va shuni o‘zimiz uchun bilishimiz kerakki, bu kurashda yaqin kunlar yoki oylar ichida g‘alaba qilib bo‘lmaydi. Biz uzoq davom etuvchi kurashga hozirlik ko‘rishimiz kerak. Ukraina va uning xalqi bu kurashning oldingi safida. Ularning qahramona qarshiligi — barcha erkin insonlarni birlashtiruvchi asosiy demokratik prinsiplar uchun kurashning bir qismidir. Men Ukraina xalqiga murojaat qilaman: biz sizlar bilanmiz.
Rossiya o‘z uyida demokratiyani bo‘g‘di va endi bu ishni boshqa davlatlarda qilmoqchi. Putin Ukrainani «denatsifikatsiya» qilmoqchiligini aytadi. Bu yolg‘on. Bu sinizm va uning o‘zi ham buni biladi. Bu shunchaki uyatli holat. Prezident Zelenskiy demokratik saylovlarda saylangan. U kelib chiqishiga ko‘ra yahudiylarga mansub, uning otasining oilasi Xolokost vaqtida halok bo‘lgan. Putin esa, xuddi boshqa avtokratlar kabi kuch unga huquq beradi deb o‘ylaydi. Yo‘q, aslida huquq kuch beradi.
Bu jinoyatchi NATOning kengayishini Rossiyani beqarorlashtirishga qaratilgan imperiyacha loyiha sifatida ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Bu haqiqatdan yiroq. NATO — mudofaa alyansi va hech qachon Rossiyaga zarar keltirishga urinmagan. Putin qonun ustuvorligiga asoslangan va Ikkinchi jahon urushidan keyin o‘rnatilgan jahon tartibiga bevosita qarshi chiqdi. U Yevropaga o‘n yillab davom etadigan urushni qaytarish bilan tahdid qilmoqda. Biz bunga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Toki u NATO hududiga bir dyuym ham bostirib kirishga jur’at etmasin.
Rossiya xalqi, men hamisha siz bilan ochiqchasiga gaplashganman. Eshita olsangiz, aytishga ruxsat bering. Siz bizga dushman emassiz. Men siz begunoh bolalar va qariyalarning o‘ldirilishini olqishlashingiz, shifoxona, maktab va tug‘uruqxonalarning bombardimon qilinishini qabul qila olishingizga ishonmayman. Bu buyum millatning ishi emas. Bu sizning oilangizga munosib kelajak emas. Men sizlarga haqiqatni aytaman. Urush — sizga munosib narsa emas.
Xudo haqqi, bu odam hokimiyatda qolishi mumkin emas.
Baydenning chiqishidan boshqa iqtiboslar:
- Rossiyaliklar zamonaviy dunyodan uzilib qoldi. Sizlar XXI asr mamlakati edingiz. Endi siz XIX asr davlatisiz.
- Rossiyalik oligarxlar bu urushning me’morlaridir. Ularning hamma narsasini olib qo‘ydik.
- Yevropa Rossiya energiya tashuvchilaridan xalos bo‘lishi kerak, AQSH bu borada yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor.
- Ukrainaliklar asrlar osha o‘z erkinligi uchun kurashib kelmoqda.
- Putin o‘z oldiga yetib bo‘lmas maqsadni qo‘ygan.
- AQSH qo‘shinlari Yevropada Rossiya qurolli kuchlari bilan jangovar harakatlarga kirishish uchun joylashtirilmagan.
- Sanksiyalar tufayli rubl shag‘alga aylandi, ular urushni moliyalashtira olmasligi uchun biz Rossiya iqtisodiyotining naq yuragiga zarba berdik.
- Bu urush Rossiyaning tanazzuliga aylanib bo‘ldi. Rossiyaliklar diktator hokimiyati ostida yashashmoqda va norozilik bildirgani uchun qamoqlarga tushishmoqda. Bir oyning ichida Rossiyaning 200 ming aholisi mamlakatni tark etib bo‘ldi.
- Rossiya biz NATOning joylashuvini uning chegaralari yaqinida qisqartirishimizni istagan edi, lekin hozir qo‘shinlarimiz bir necha barobar ko‘paytirildi.
- AQSH Ukrainadan 100 ming qochoqni qabul qiladi.
- Rossiya hech qachon Ukrainani mahv eta olmaydi.
- Bo‘layotgan voqealar — Ikkinchi jahon urushidan so‘ng jahonda o‘rnatilgan tartibga qarshi chiqish.
Baydenning «qassob» haqidagi so‘zlariga munosabat bildirarkan, RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov «har safar bunday shaxsiy haqoratlar AQSHning hozirgi ma’muriyati bilan ikki tomonlama munosabatlar uchun imkoniyatlar oynasini toraytirishi»ni ma’lum qildi.
Oq uy keyinroq aniqlik kiritishicha, Bayden Putinning rossiyaliklar ustidan hokimiyatiga shubha qilmagan, faqat putinizm eksportini to‘xtatishni talab qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz