
«Tolibon» ayollarni ham Afg‘oniston ichida, ham xorijda yaqin qarindoshi kuzatuvisiz parvoz qilishiga ruxsat berishni to‘xtatdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Agentlikka ushbu ma’lumotni taqdim etgan ikki rasmiy manba o‘zini oshkor qilmaslikni so‘ragan. 25 mart, juma kuni «Tolibon» buyrug‘i bilan o‘nlab ayollar Kobul aeroportida uchishiga ruxsat berilmagan.
Ketmoqchi bo‘lganlarning bir qismi ikki fuqarolikka ega, ular boshqa davlatlar, jumladan, Kanada kabi davlatlar pasportiga ega.
Passajirlar Kam Air va Ariana Airlanes samolyotlari bilan Islomobod, Dubay va Turkiyaga reyslarga chiqa olmaganlar. Biroq, ertasi kuni ba’zi ayollarga Ariana Airlanes reysi bilan g‘arbiy Hirot viloyatiga borishga ruxsat berilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar