07:30 / 28.03.2022
1 959

Bayden Varshavadagi nutqida nima dedi?

Bayden Varshavadagi nutqida nima dedi?
Jo Bayden prezident Anjey Duda bilan uchrashgan Polshaga tashrifi yakunida Amerika yetakchisi Varshavadagi Qirollik qasrida nutq so‘zladi. Taklif etilgan mehmonlar orasida Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya va Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebalar ham bor edi.

AQSH prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga qarshi urush boshlash qarorini rus jamiyatini «19-asrga» uloqtirgan «strategik muvaffaqiyatsizlik» deb atadi.

NATO chegarasini bir dyuym ham kesib o‘tishni xayolingizga ham keltirmang. Nizomning beshinchi moddasiga ko‘ra, ittifoq hududining har qarichini muhofaza qilish muqaddas burchimizdir”, dedi Bayden.

Siyosatchi, shuningdek, ruslarga «sizlar bizning dushmanimiz emassiz» degan so‘zlar bilan murojaat qilib, «bu urush rus xalqiga munosib emas», deya qo‘shimcha qilgan.

«Putin Ukrainani denaziyalashtirish bilan bandligini aytishga jur’at etdi. Bu yolg‘on, bema’ni yolg‘on - va u buni biladi», deb ta’kidlagan AQSH prezidenti.

Jo Bayden, shuningdek, Vladimir Putin «hokimiyatda qola olmasligini» aytgan. Keyinroq Oq uyning aniqlik kiritishicha, bu Moskvada «rejimni o‘zgartirish»ga chaqirish haqida emas, balki, Rossiya mintaqadagi boshqa davlatlarni nazorat qila olmasligini ko‘rsatish haqida, deb izoh berilgan.

Shanba kuni tushdan keyin Amerika prezidenti Varshavadagi milliy stadiondagi ukrainalik qochqinlarni qabul qilish markaziga tashrif buyurdi va ko‘chirilganlar va urush qurbonlari taqdirini sharhlar ekan, rossiyalik hamkasbini «qassob» deb atagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Varshavadagi nutqida nima dedi?