Foto: Reuters
Rossiya Markaziy banki kredit tashkilotlaridan sotib olinadigan oltin uchun o‘zgarmas narx belgiladi.
«Qimmatbaho metallar ichki bozorida talab va taklif muvozanatini ta’minlash maqsadida Rossiya Markaziy banki joriy yilning 28 martidan boshlab kredit tashkilotlaridan oltinni qat’iy belgilangan narxda sotib oladi. 2022 yil 28 martdan 30 iyunga qadar narx 1 gramm uchun 5000 rublni tashkil qiladi.
Belgilangan narx darajasi oltinning barqaror ta’minoti va oltin qazib olish sanoati uzluksiz ishlashini ta’minlash imkonini beradi. Ko‘zda tutilgan muddatdan keyin oltin sotib olish bahosi ichki bozorda talab va taklif balansini hisobga olgan holda shakllantirilishi mumkin», deyiladi Rossiya regulyatori bayonotida.
Avvalroq, Rossiya Markaziy banki tomonidan 10 martdan 10 sentabrga qadar rezident yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlarga o‘z hisobvaraqlaridan 5 ming dollardan ortiq miqdorda naqd valyuta (dollar, iyena, funt sterling, yevro) yechib olishga cheklov joriy qilingandi. Shuningdek, iqtisodiy sanksiyalar kiritilgani sababli mamlakatning suveren qarzi va Markaziy banki aktivlari ham cheklovga tushgan. Rossiya xalqaro rezervlardagi 643 mlrd dollar mablag‘ining 150–200 mlrd dollaridan foydalanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz