Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya Milliy gvardiyasi general-leytenanti unvonini oldi. Tegishli farmonni Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzolagan. Bu haqda Checheniston parlamenti spikeri Magomed Daudov ma’lum qildi.
«Checheniston Respublikasi rahbari, Rossiya Qahramoni Ramzan Axmatovich Qodirovni Rossiya prezidenti Vladimir Vladimirovich Putinning farmoni bilan general-leytenant harbiy unvoni berilgani bilan chin qalbimdan tabriklayman», deya yozgan Daudov o‘z Telegram kanalida.
Ramzan Qodirovga 2009 yilda Dmitriy Medvedev general-mayor unvonini bergan, ammo u harbiy emas, maxsus unvon bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qodirov ayni damda Ukrainaning Mariupol shahrida bo‘lib turgani aytilmoqda. Manbalarga ko‘ra, u jang maydoniga «askarlar ruhini ko‘tarish» maqsadida kelgan.
Ramzan Qodirov 45 yoshda. U 2007 yil fevral oyidan beri Chechenistonga rahbarlik qilib kelmoqda va Rossiya federal hududlari orasida bir respublikani eng ko‘p boshqargan yetakchi hisoblanadi.
Checheniston rahbari 2020 yil iyul oyida Rossiya gvardiyasining general mayori unvoniga loyiq ko‘rilgandi. Bundan tashqari, u mamlakatdagi eng oliy unvoni Rossiya Federatsiyasi qahramoni bo‘lgan, shuningdek «Vatan oldidagi xizmatlari uchun» III darajali ordeni, «Jasorat» ordeni, «Sharaf» ordeni va boshqa davlat mukofotlarining egasi hisoblanadi.
2020 yil yakunlariga ko‘ra, Qodirov eng boy Rossiya gubernatori deb topilgan: u bir yil ichida 381,19 million rubl ishlab olgan. Oxirgi ikki yilda Checheniston rahbarining daromadi 50 baravarga oshgan: u 2018 yilda 7,5 million rublni deklaratsiya qilgan bo‘lsa, 2019 yilda ushbu mablag‘ 148 million rublga yetgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi