Foto: AP Photo
Ukrainadagi Rossiya harbiylarini qo‘llab-quvvatlash ramzi sifatida «Z» harfini namoyish qilish endilikda Germaniyada noqonuniy hisoblanadi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, Reuters xabar berdi.
«Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiv urushi jinoiy harakatdir va bu urushni ochiq ma’qullagan har bir kishi javobgarlikka tortilishi mumkin», — dedi Germaniya Ichki ishlar vazirligi vakili.
«Z harfi, albatta, taqiqlanmagan, ammo ba’zi hollarda uning qo‘llanilishi Rossiyaning agressiv urushini ma’qullashi mumkin», — deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq Germaniyaning bir qancha shtatlari, jumladan Quyi Saksoniya va Bavariya «Z» harfini rus harbiylarini qo‘llab-quvvatlash ramzi sifatida ishlatganlar uchun jinoiy jazo choralari qo‘llanishi haqida ogohlantirgandi.
27 mart kuni Shveysariyaning Zurich Insurance sug‘urta kompaniyasi Rossiyaning Ukrainaga bosqinini eslatmaslik uchun ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining ko‘k fonda oq rangli «Z» harfi tushirilgan logotipidan foydalanishni vaqtincha to‘xtatdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi