12:50 / 30.03.2022
1 470

Zelenskiy: Ukrainaning hududiy yaxlitligi borasida hech qanday murosa bo‘lmaydi

Zelenskiy: Ukrainaning hududiy yaxlitligi borasida hech qanday murosa bo‘lmaydi
Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urushning 34-kuni yakunlari bo‘yicha videomurojaat yo‘lladi. Unda davlat rahbari 29 mart kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasida o‘tkazilgan tinchlik muzokaralarining yangi raundiga izoh bergan.

- "Muzokaralar maydonchasidan eshitayotgan signallarimizni ijobiy deb atash mumkin. Biroq bu signallar Rossiya snaryadlari portlashlarining ovozini bosib ketmayapti. Albatta, biz barcha xavf-xatarni ko‘rib turibmiz. Albatta, bizni yo‘q qilish uchun jangni davom ettirayotgan davlatning biror vakiliga yoki uning so‘zlariga ishonish uchun asos ko‘rmayapmiz. Ukrainlar — sodda insonlar emas. Ukrainlar bosqinchlikning o‘tgan 34 kuni va Donbassdagi sakkiz yil davomida faqat aniq natijaga ishonish mumkinligiga o‘rgandi.

Shubhasiz, Ukraina muzokaralar o‘tkazish niyatida va ushbu jarayon bizga bog‘liq bo‘lgan barcha holatda davom etadi. Biz natijaga umid qilyapmiz. Biz uchun, davlat va suverenitet uchun real xavfsizlik bo‘lishi kerak. Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligi kafolatlanishi lozim. Suverenitet va hududiy yaxlitligimiz borasida hech qanday murosa bo‘lishi kerak emas va bo‘lmaydi ham. Bu aniq tamoyillar, mumkin bo‘lgan natijaning aniq tasavvuridir
", - dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy.

29 mart kuni Istanbuldagi Dolmabaxche saroyida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning yangi raundi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Ukraina tinchlik sulhi bo‘yicha Rossiyaga qator takliflarni ilgari surgan. Xususan, Kiyev Moskvaga 15 yil davomida Qrim va Sevastopol maqomi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni o‘tkazishni, masalani hal ertishda qurolli kuchlardan foydalanmaslikni taklif qilmoqda. Donbass masalasini ikki mamlakat prezidentlari alohida punktlar bo‘yicha muhokama qiladi.

Shuningdek, Ukraina xavfsizlik kafolatlari evaziga NATO va boshqa alyanslarga qo‘shilish g‘oyasidan voz kechishga tayyorligini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, Ukraina delegatsiyasi ishtirokchilari Kiyev 1991 yil holatidagi mamlakat chegaralarini tan olishini ta’kidlagan.

O‘z navbatida Istanbuldagi uchrashuv yakuni bo‘yicha Rossiya tomoni Kiyev va Chernigov yo‘nalishlari bo‘yicha harbiy faollikni keskin qisqartirishini e’lon qilgan. Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: Ukrainaning hududiy yaxlitligi borasida hech qanday murosa bo‘lmaydi