Foto: RIA «Novosti»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin joriy yil 1 apreldan «do‘st bo‘lmagan davlatlar»ga tabiiy gaz rublda sotilishi haqida bayonot bergan va hukumatga bu borada yangi tartib ishlab chiqishni topshirgan edi.
Ammo Rossiya rahbarining talabiga qaramay, Yevropa shirkatlari tabiiy gaz uchun yevro yoki dollarda haq to‘lashda davom etadi. Bu haqda Germaniya hukumati rasmiy vakili Shteffen Hebeshtrayt ma’lum qildi.
Germaniya kansleri Olaf Shols hamda Vladimir Putin o‘rtasidagi telefon muloqotidan keyin shunday qarorga kelingan. Rasmiy Moskva tabiiy gaz uchun to‘lovlarni sanksiyaga tushmagan «Gazprombank»ka o‘tkazishni so‘ragan.
Iqtisodiy tahlilchi va bloger Otabek Bakirov bu hodisani «Rossiyaning chekinishi» o‘laroq baholagan.
«Avvalboshdan prognoz qilganimizdek, gaz uchun rublda haq talab qilinishi ichki auditoriya uchun mo‘ljallangan shovqin va absurddan boshqa narsa emas edi. Agar bu yuz berganida ham Rossiya o‘zini o‘zi jazolagan bo‘lardi», – deb yozadi ekspert.
BBC rus xizmatining iqtisodiyot bo‘limi muharriri Olga Shamina ham tabiiy gaz haqini rublda olish qarori xato bo‘lganini qayd etadi. Chunki Yevropa mamlakatlari, garchi o‘zi og‘ir ahvolda qolsa-da, mazkur talab ortidan Rossiya energiya manbalaridan voz kechishi yoki eng kamida tabiiy gaz uchun maxsus soliq joriy etishi mumkin edi.
Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach, G‘arb mamlakatlari misli ko‘rilmagan moliyaviy sanksiyalar joriy etdi, jumladan, Rossiya markaziy bankining valyuta zaxiralari muzlatib qo‘yildi. Oqibatda rubl keskin qadrsizlandi. Kreml sanksiyalarga javoban «do‘st bo‘lmagan davlatlar»ga tabiiy gazni rublda sotishga qaror qildi. Ammo ilk kunlardanoq «Katta yettilik» davlatlari rublda to‘lov qilish talabini rad etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya hukumati tuzgan «do‘st bo‘lmagan davlatlar» ro‘yxatiga barcha YEI mamlakatlari, shuningdek, AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Islandiya, Kanada, Norvegiya, Janubiy Koreya, Singapur, Shveysariya, Yangi Zelandiya, Yaponiya kabi davlatlar kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi