16:30 / 31.03.2022
1 701

Rossiya qo‘shinlarning Kiyev va Chernigov yo‘nalishlarida qayta guruhlanganligini e’lon qildi

Rossiya qo‘shinlarning Kiyev va Chernigov yo‘nalishlarida qayta guruhlanganligini e’lon qildi
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarning Kiyev va Chernigov yo‘nalishlarida qayta guruhlanganligini e’lon qildi.

Kiyev va Chernigov yo‘nalishlarida rus qo‘shinlarini rejalashtirilgan qayta guruhlash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlarining ushbu hududlardagi asosiy vazifalari bajarilgan.

«Rossiya qo‘shinlarining Kiyev va Chernigov yo‘nalishlaridagi barcha asosiy vazifalari bajarildi, qayta guruhlashdan maqsad ustuvor hududlarda harakatlarni faollashtirish va birinchi navbatda, Donbassni to‘liq ozod qilish bo‘yicha operatsiyani yakunlash», — degan Konashenkov.

24 fevralga o‘tar kechasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina Donbasida maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Buning ortidan rus armiyasi Ukrainaga hujum qildi.

Ukraina shaharlari, jumladan Kiyev ham raketa va bomba hujumlariga uchragan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bunga javoban butun mamlakat bo‘ylab harbiy holat joriy etilayotganini aytgan. Ukraina rahbari, shuningdek, Rossiya bilan diplomatik aloqalar uzilishini ma’lum qilgan.

Kremlning xatti-harakatlari BMTda va dunyoning aksariyat poytaxtlarida qoralandi. Rossiyaga nisbatan qattiq sanksiyalar joriy etildi. Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya qo‘shinlarning Kiyev va Chernigov yo‘nalishlarida qayta guruhlanganligini e’lon qildi