Rossiya Qurolli kuchlari 31 mart Moskva vaqti bilan soat 10.00 dan boshlab “tinchlik rejimi” e’lon qildi. Bu haqda chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Rossiya Mudofaa nazorati milliy markazi rahbari, general-polkovnik Mixail Mizinsev ma’lum qildi.
Shu vaqtdan boshlab tinch aholi va chet el fuqarolarini Mariupoldan Zaporojega evakuatsiya qilish uchun Berdyanskdagi oraliq punkti bilan qo‘shimcha gumanitar yo‘lak ochiladi.
"Biz sizga ma’lum qilamizki, hozirda Berdyanskdan Mariupolgacha bo‘lgan marshrut qismi muntazam ravishda Ukraina Qurolli Kuchlari bo‘linmalari va millatchi batalonlardan minomyot va og‘ir pulemyotlardan o‘qqa tutilmoqda", - dedi Mizinsev.
Mudofaa vazirligi, shuningdek, Kiyev hukumatidan Mariupoldan Zaporojegacha bo‘lgan gumanitar yo‘lakda xavfsizlik kafolatlarini talab qildi.
“Biz Kiyev hukumatidan gumanitar yo‘lak yaratish bo‘yicha quyidagi shartlarga qat’iy rioya qilishni talab qilamiz: belgilangan vaqtda “jimlik rejimi”ga so‘zsiz rioya etilishini kafolatlash, 2022 yil 31 mart 06.00 gacha yozma ravishda Rossiya tomonini, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi vakillarini xabardor qilish”, — deya qo‘shimcha qildi general.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Mudofaa vazirligi kelishilgan yo‘nalish bo‘ylab, xususan, Berdyansk-Mariupol uchastkasida avtobus karvonlari xavfsizligini ta’minlashni talab qilmoqda, chunki u yerda doimiy ravishda neonatsistlarning qo‘poruvchilik va razvedkachi jangari guruhlari harakat qilib, ularga qarshi provokatsiyalar uyushtirmoqda.
Rossiya tomoni gumanitar koridorni Kiyevning yuqoridagi shartlarni bajarishga tayyorligi to‘g‘risida yozma bayonoti hamda uchuvchisiz apparatlari yordamida o‘t ochish to‘xtatilgani tasdiqlanganidan so‘ng ochadi, dedi general-polkovnik. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi