1 470
Ukraina Boltiqbo‘yi mamlakatlaridan Rossiya va Belarus bilan chegaralarni yopishni so‘radi
Foto: «RBK»
Ukrainalik diplomatlar Litva, Latviya va Estoniyadan Rossiya hamda Belarus uchun quruqlikdagi chegaralarni yopishni so‘radi. Bu haqda Ukrainaning Polshadagi elchisi Andrey Deshitsaga tayanib, «Ukrinform» ma’lum qildi.
«O‘ylaymanki, bu kabi qaror qabul qilinsa, Yevropa Ittifoqi qarorini kutib o‘tish kerak bo‘lmaydi — biz Rossiyani har qanday yetkazib berishlardan to‘sib qo‘yamiz», — deydi Deshitsa.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina, shuningdek, Polsha hukumatidan Polsha—Belarus chegarasini yopishni so‘raydi.
25 mart kuni Ukraina infratuzilma vaziri Yevropa Ittifoqiga Rossiya va Belarus bilan quruqlikdagi va dengiz transport aloqalarini bloklashni so‘ralgan murojaat yo‘llanganini ma’lum qilgandi. Bu Rossiyaga ikki xil maqsadlarda, xususan, harbiy yo‘nalishlarda foydalanish mumkin bo‘lgan tovarlarni yetkazib berishni to‘xtatishga imkon beradi.
Ukrainada urush boshlangach, Polsha, Litva, Latviya va Estoniya Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari kabi Rossiya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgandi (YEI osmoni Belarus samolyotlari uchun undan oldinroq yopilgandi). Shu bilan birga Estoniya davlat boshqaruv vaziri mamlakat Rossiya bilan quruqlikdagi chegaralarni yopish niyatida emasligini ma’lum qilgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bir necha bor Rossiya kemalari uchun Yevropa portlarini yopishni so‘ragan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi