908
O‘zbekiston Afg‘oniston muvaqqat hukumatini xalqaro miqyosda tan olish mexanizmlarini ishlab chiqishni taklif etdi
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Joriy yilning 30 va 31 mart kunlari Xuanshan shahrida (Xitoy) Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarining 3-vazirlar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya, Xitoy, Eron, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston hukumatlari a’zolari va tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekiston nomidan bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov ishtirok etdi.
Konferensiyada so‘zga chiqqan Sardor Umrzoqov Afg‘onistonga mavjud muammolarni bartaraf qilish, milliy iqtisodiyotni qayta jonlantirish, ijtimoiy masalalarni hal etish va mamlakat hayotini normallashtirishda ko‘maklashishga qaratilgan mintaqaviy hamkorlikni muvofiqlashtirishni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Afg‘oniston muvaqqat hukumatini xalqaro miqyosda tan olishning mexanizmi va mezonlarini ishlab chiqish taklif qilindi. Ushbu choralar mamlakatning mintaqaviy makon va xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvini tezlashtirish imkonini beradi.
Shuningdek, O‘zbekiston tomoni mintaqa davlatlari, hamkor mamlakatlar va Afg‘oniston bilan barcha ustuvor yo‘nalishlarda, jumladan, iqtisodiy jihatdan tiklashni tezlashtirish va afg‘on xalqining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan yirik infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni davom ettirishga sodiqligini bildirdi.
Anjuman yakunida taraflarning qo‘shma bayonoti va Afg‘onistonni iqtisodiy jihatdan tiklashni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Tunsi tashabbusi” qabul qilindi.
Tadbirlar doirasida Sardor Umrzoqov xorijlik hamkasblari bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar ham o‘tkazdi. Xususan, Xitoy davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van I, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon va Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttaqiy bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvlar davomida tomonlar olib borilayotgan sa’y-harakatlarning hozirgi holatini muhokama qildi hamda ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish borasida navbatdagi tadbirlarni belgilab oldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi