
Foto: Reuters
Ukraina harbiy harakatlar boshlanganidan buyon bir oyda 10 mlrd dollarga yaqin mablag‘ sarfladi. Bu haqda Ukraina moliya vazirligi Vladimir Zelenskiy rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qildi, deb xabar berdi Ukraina prezidenti ofisi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda Ukraina iqtisodiyotining holati hamda uning yaqin istiqboldagi rivoji muhokama qilindi. Bundan tashqari, xarajatlarni moliyalashtirish manbalari ko‘rib chiqilgan.
“Shuningdek, yig‘ilishda ekin ekish kampaniyasini o‘tkazish, xususan, agrar sohani yonilg‘i bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi. Ukraina energetika infratuzilmasining Rossiya qo‘shinlari tomonidan bombardimon qilinishini himoyalash yo‘llari ko‘rib chiqildi”, deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar