2 112
Makron Rossiya hukumati Buchadagi jinoyat uchun javob berishi kerakligini aytdi. Shols esa...
Foto: DW
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaning Bucha shahrida o‘ldirilgan tinch aholining suratlariga izoh berib, «Rossiya hukumati ushbu jinoyat uchun javob berishi kerakligi»ni ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasiga yozib qoldirgan.
«Kiyev viloyatining ozod etilgan Bucha shahrida olingan suratlarga qarab bo‘lmaydi. Ko‘chalarda qo‘rqoqlarcha o‘ldirilgan yuzlab tinch aholi. Qurbonlarga hamdardlik, ukrainlarga esa birdamligimni bildiraman. Rossiya hukumati ushbu jinoyat uchun javob berishi kerak», — deb yozadi Makron.
Germaniya kansleri Olaf Shols o‘z navbatida, «Rossiya harbiylarining mazkur jinoyatlarini tergov qilish» va buyruq bergan hamda uni ijro etganlarni javobgarlikka tortish kerakligini ma’lum qilgan. U tez orada Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishini bildirgan.
Kiyev viloyatidan Rossiya qo‘shinlari chiqib ketgandan so‘ng ko‘chalarda o‘nlab tinch aholining jasadlari qolgan – ularning ba’zilari qo‘llari bog‘langan holda topilgan. Human Rights Watch huquq himoyachilarining aytishicha, Bucha shahrida kamida bitta sudsiz qatl holati qayd etilgan.
Ukraina prezident devoni rahbarining maslahatchisi Aleksey Arestovich o‘zining videomurojaatida Kiyev viloyatidagi shaharlar – Bucha, Irpen va Gostomelda sodir bo‘lgan voqealardan dunyo dahshatga tushishi kerakligini aytdi. U ushbu shaharlardagi manzaralarni qo‘rqinchli filmlardagi kadrlarga qiyosladi hamda Rossiya qo‘shinlarini urush jinoyatlarida, jumladan, talonchilik, zo‘rlash va tinch aholini o‘ldirishda aybladi.
Ukraina bosh prokurori Irina Venediktovaning ma’lum qilishicha, Rossiya harbiylaridan ozod qilingan Kiyev viloyati hududlarida 410 nafar tinch aholining jasadlari yig‘ib olingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, sud-tibbiyot ekspertlari hozirgacha 140 qurbonning jasadini ko‘zdan kechirgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi