Foto: Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA
Bu haqda Yevropa Ittifoqining oliy siyosiy organi – Yevropa kengashi saytida e’lon qilingan bayonotda so‘z boradi.
«Tinch aholi orasida halok bo‘lganlar va yaradorlar sonining ko‘pligi, shuningdek, fuqarolik infratuzilmasi vayron bo‘lganligi haqidagi dalillar shafqatsiz urushning asl qiyofasini ko‘rsatadi. Bucha shahri va Ukrainaning boshqa shaharlarida sodir etilgan qirg‘inlar Yevropa zaminida sodir etilgan vahshiyliklar ro‘yxatiga kiritiladi», — deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya qo‘shinlari Kiyev viloyatining Bucha shahridan chiqib ketganidan so‘ng, shaharda tinch aholi vakillarining o‘nlab jasadlari topilgan.
Buchadagi fotosuratlar va videolar mustaqil jurnalistlar tomonidan chop etildi. Kiyev rasmiylari bu qirg‘inda Rossiya harbiylarini aybladi. Rossiya Mudofaa vazirligi esa bu voqeaga aloqadorligini rad etib, halok bo‘lganlarning fotosuratlari va videolarini «sahnalashtirilgan» deb atadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi