
3 aprel — Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushning eng dahshatli kuni bo‘ldi. Rossiya armiyasi Kiyev viloyatidan chekinar ekan, ular qoldirgan aholi punktlarida mahalliy aholining o‘nlab jasadlari topilgan. Ko‘pchilikning boshiga o‘q uzilgan va qo‘llari orqasiga bog‘langan. Rossiya Ukraina shaharlariga — Xarkov, Nikolayev va Odessadagi neft bazasiga artilleriya va raketa hujumlarini amalga oshirishda davom etmoqda.
Donetsk viloyati aholisi sharqiy frontda jangovar harakatlar kuchayishidan qo‘rqib, shoshilinch ravishda uylarini tark etmoqda. Meduza urushning 39-kunidan olingan asosiy fotosuratlarni jamladi.

Kiyevdagi «Retrovill» savdo markazining avtoturargohida ruslarning raketa hujumi oqibatida vayron bo‘lgan avtomobillar.
Foto: Getty Images

Jamoat xizmati xodimlari Bucha ko‘chalaridagi jasadlarni yig‘ib olmoqda.
Foto: AFP

Buchadagi ommaviy qabr.
Foto: AP Photo

Donetsk viloyatining Kramatorsk shahri aholisi poyezdda shaharni tark etishga urinmoqda.
Foto: AFP

Bucha aholisi hovlida olov yoqib, ovqat pishirmoqda.
Foto: Reuters

Mashina shinasini almashtirayotgan ota-onasini kutib o‘tirgan bola. Bu oila yaqinda Ukraina qo‘shinlari nazoratiga qaytgan Kiyev viloyatidagi Dmitrovka qishlog‘ini tark etmoqda.
Foto: EPA

Ukrainalik o‘t o‘chiruvchilar Nikolayevda yonib ketgan mashinani o‘chirmoqda. Yong‘in rus qo‘shinlarining artilleriyadan o‘t ochishi oqibatida yuzaga kelgan.
Foto: Sipa

Mariupoldagi drama teatrining xarobalari.
Foto: Reuters

Kapotida o‘q izlari va «BOLALAR» yozuvi bor avtomobil. Bucha
Foto: Anadolu

Odessadagi cherkov ortida rus qo‘shinlarining raketa hujumidan yonayotgan neft bazasi tutuni
Foto: Reuters “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar