date
views 1 216

AQSH mart oyida gipertovushli raketani yashirincha sinovdan o‘tkazgan

AQSH mart oyida gipertovushli raketani yashirincha sinovdan o‘tkazgan
Foto: CNN
AQSH mart o‘rtalarida gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgan, biroq Rossiya bilan keskinlikning ortishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida buni sir tutishga qaror qilingan. Bu haqda CNN telekanali AQSH Mudofaa vazirligidagi amaldorga tayanib, xabar berdi.

Telekanal manbasining aytishicha, gipertovushli raketa (Hypersonic Air-breathing Weapon Concept, HAWC) AQSHning g‘arbiy sohillaridan B-52 bombardimonchisi yordamida uchirilgan. Raketa parvozining uzoqligi qariyb 482 kilometrni, balandligi 20 kilometr, tezligi 5 maxni (6,1 ming kilometr/soat) tashkil etgan. Hatto minimal gipertovush tezligi (611 kilometr/soat) 300 mil masofani 5 daqiqada bosib o‘tish imkonini beradi.

Sinovlar Moskva Ukrainadagi maxsus operatsiya vaqtida o‘zining «Kinjal» nomli gipertovushli raketasidan foydalanganini ma’lum qilganidan bir necha kun o‘tib o‘tkazilgan. Rossiya qo‘shinlari ushbu raketa yordamida Ukraina g‘arbiy qismidagi jangovar o‘q-dorilar omborini yakson qilgan.

Rossiya qo‘shinlari «Kinjal»dan Ukrainadagi maxsus operatsiyada 19 mart kuni foydalangan. Mudofaa vazirligi Ukraina kuchlarining «yirik yerosti raketa va o‘q-dori omborlari yo‘q qilinganini» ma’lum qilgan. Idora Ukraina Qurolli kuchlariga qarshi «Kinjal»dan foydalanish davom etishini, uning qo‘llanilishi «raqibning yuqori himoyali maxsus ob’ektlarini yakson etishda samara ko‘rsatganini» ta’kidlagan.

«Bunga o‘yin qoidasini o‘zgartirish sifatida qaramagan bo‘lardim», — degandi o‘shanda AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin.

Eslatib o‘tamiz, «Kinjal» yangi aviatsion kompleksi haqida (raketa va u bilan zarba beruvchi MiF-31G qiruvchi samolyoti) Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2018 yil 18 martda o‘tgan Federal majlis vakillariga qilgan murojaatida gapirgandi. Aviakompleksning imkoniyatlari ilk bor 2019 yil avgustida «Aviadars» tanlovida namoyish qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH mart oyida gipertovushli raketani yashirincha sinovdan o‘tkazgan
LiveInternet