13:47 / 06.04.2022
1 118

Forbes 2022 yilda dunyoning eng boy ayollarini e’lon qildi

Forbes 2022 yilda dunyoning eng boy ayollarini e’lon qildi
Foto: Forbes
Forbes jurnali 2022 yilda dunyoning eng boy ayollari ro‘yxatini e’lon qildi.

Birinchi o‘rinni L'Oréal asoschisining nevarasi Fransuaza Bettankur Mayers egalladi. Uning boyligi 74,8 mlrd dollarga baholangan. 68 yoshli Bettankur Mayers qatorasiga ikkinchi yil dunyodagi eng boy ayol bo‘lib kelmoqda.

Walmart asoschisi Sam Uoltonning yagona qizi Elis Uolton ikkinchi o‘rinda qayd etilgan. 72 yoshli Elis Uoltonning boyligi 65,3 mlrd dollarga baholangan. U 2020 yilda dunyoning eng boy ayoli bo‘lgan edi.

Koch Industries kompaniyasining 42 foiz ulushiga egalik qiluvchi Julia Kox 60 mlrd dollar bilan uchinchi o‘rinni egalladi. U Koch Industries asoschilari oilasining farzandi David Koxning bevasi hisoblanadi.

Birinchi o‘ntalik quyidagicha (AQSH dollarida):
1. Fransuaza Bettankur Mayers, 68 yosh (L'Oréal, Fransiya) — 74,8 mlrd;
2. Elis Uolton, 72 yosh (Walmart, AQSH) — 65,3 mlrd;
3. Julia Kox, 59 yosh (Koch Industries, AQSH) — 60 mlrd;
4. Makkenzi Skott, 51 yosh (Amazon, AQSH) — 43,6 mlrd;
5. Jaklin Mars, 82 yosh (Mars, AQSH) — 31,7 mlrd;
6. Jina Raynhart, 68 yosh (Hancock Prospecting, Avstraliya) — 30,2 mlrd;
7. Miriam Adelson, 76 yosh (Las Vegas Sands, AQSH) — 27,5 mlrd;
8. Syuzan Klatten, 59 yosh (BMW, Germaniya) — 24,3 mlrd;
9. Iris Fontbana, 79 yosh (Antofogasta, Chili) — 22,8 mlrd;
10. Abigayl Jonson, 64 yosh (Fidelity Investments, AQSH) — 21,2 mlrd.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Forbes 2022 yilda dunyoning eng boy ayollarini e’lon qildi