20:10 / 06.04.2022
1 326

Ommaviy chiroq o‘chishiga sabab bo‘lgan kompaniya ishi sudga oshirildi

Ommaviy chiroq o‘chishiga sabab bo‘lgan kompaniya ishi sudga oshirildi
Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vazirligining Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish qo‘mitasi xodimlari KEGOC AJga nisbatan favqulodda audit o‘tkazgan. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, inspektorlar iste’molchilarning tartibga solinadigan xizmatdan foydalanishi bo‘yicha qoidabuzarlikni aniqlagan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, Qozog‘istonning tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchiligi talablari, xususan, iste’molchilarning tartibga solinadigan xizmatdan foydalanishi bo‘yicha talablari buzilgani aniqlangan.

«KEGOC AJga nisbatan Qozog‘iston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 164-moddasi 4-qismi bilan ma’muriy bayonnoma tuzilib, ko‘rib chiqish uchun sudga taqdim etilgan», — deyiladi vazirlik xabarida.

Agar ma’muriy ish qo‘mita foydasiga hal qilinsa, kompaniya 4 900 800 tenge (taxminan 120 mln. so‘m) miqdorida ma’muriy jarimaga tortiladi.

Eslatib o‘tish kerak, shu yilning 25 yanvarida Markaziy Osiyoda blekaut kuzatilib, ommaviy chiroq o‘chgandi. Bunga birlamchi sabab qilib Qozog‘istondagi KEGOC kompaniyasida yuz bergan nosozlik ko‘rsatilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ommaviy chiroq o‘chishiga sabab bo‘lgan kompaniya ishi sudga oshirildi