Foto: Reuters
Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya hukumati Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni o‘ldirmoqchiligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda u Fransiyaning LCI telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
«Yo‘q, unday emas», — deydi Peskov bu boradagi savolga javoban. «RIA Novosti»ning yozishicha, Kreml vakili ingliz tilida gapirgan, uning so‘zlari fransuzchaga tarjima bilan translyatsiya qilingan.
Ukraina prezidentining ofisi vakillariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda Vladimir Zelenskiyga o‘ndan ortiq suiqasd uyushtirilgan. «Bizning qo‘riqlov xizmatimiz bu masalalar bilan va bu yerga ov uchun keladigan muammoli unsurlarni bartaraf etish bilan shug‘ullanmoqda», — degan edi Zelenskiy o‘ziga uyushtirilgan suiqasdlar to‘g‘risida.
Fevral oxirlarida Kreml topshirig‘iga ko‘ra «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining 400 dan ortiq yollanma jangarilari Kiyevda jang qilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. The Times mart boshlarida bir hafta ichida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning hayotiga kamida uch marta suiqasd uyushtirilganini yozgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?