Foto: AFP
Saudiya Arabistoni xorij fuqarolariga Haj ziyoratini amalga oshirishga ruxsat berdi. O‘tgan ikki yil davomida koronavirus pandemiyasi sabab xorijliklar Haj ziyoratiga qo‘yilmayotgan edi. 2022 yilda ziyoratchilarning umumiy soni 1 million kishiga yetdi, deb xabar beradi Saudiya Arabistoni axborot agentligi.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yilda koronavirusga qarshi emlangan, 65 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarning ziyoratlarni amalga oshirishiga ruxsat etiladi. Xorijliklar, shuningdek, Saudiya Arabistoni hududiga kirishdan uzog‘i bilan 72 soat oldin koronavirusga topshirilgan testning manfiy natijasini taqdim etishi kerak bo‘ladi.
2020 va 2021 yillarda podshohlik hukumati xorijlik ziyoratchilarning Haj amallarini bajarishiga ruxsat bermadi. 2021 yil oxirida Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov Saudiya Arabistoniga tashrif chog‘ida «Sputnik V» vaksinasi bilan emlangan rossiyaliklarning Haj ziyoratini amalga oshirishiga ruxsat so‘ragan. Podshohlik bunga rozilik bergan.
Bundan tashqari, emlangan ziyoratchilarning mamlakatda bo‘lish muddati 10 kundan 30 kunga qadar uzaytirilgan. Saudiya Arabistoniga keluvchilar Pfizer, Moderna, AstraZeneca yoki bir komponentli Johnson & Johnson vaksinalari bilan emlangan bo‘lishi kerak. Xitoyning Sinopharm va Sinovac vaksinasi bilan emlanganlar yuqoridagi uch turdagi vaksinaning istalgan biri bilan qo‘shimcha emlansa, mamlakatga har qanday maqsadda tashrif buyurishiga ruxsat etiladi. Aks holda ularning faqat ziyorat qilishiga ruxsat berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda