Berluskoni va Putin oilaviy bordi-keldi qiladigan darajada yaqin do‘st bo‘lgani aytiladi.
Foto: Reuters
Italiya sobiq bosh vaziri, taniqli siyosatchi va tadbirkor Silvio Berluskoni Rossiya prezidenti Vladimir Putindan hafsalasi pir bo‘lganini ma’lum qildi. Berluskoni Rossiya rahbarining ko‘p yillik do‘sti edi.
«Vladimir Putinning xatti-harakatlaridan butkul hafsalam pir bo‘lgani va ranjiganimni yashira olmayman, yashirishni istamayman ham. U dunyo qarshisida zimmasiga jiddiy javobgarlikni oldi», — dedi sobiq hukumat rahbari o‘zi asos solgan «Olg‘a, Italiya» partiyasining yig‘ilishida.
Aprel oyi boshida Kiyev viloyatining Bucha shahrida Rossiya harbiylari tomonidan ko‘p sonli tinch aholi vakillari o‘ldirilgani ma’lum bo‘lgan, ushbu mudhish voqea qirg‘in deb atalgan edi.
Italiya sobiq vaziri ham Buchada ro‘y bergan hodisalar uchun javobgarlikdan qochib bo‘lmasligini ta’kidlagan.
Berluskoni ko‘p yillik qadrdoni Putinni demokratiya odami deya adashganini tan olgan.
Har ikki siyosatchi o‘zaro do‘st ekanlarini ko‘p bora ta’kidlab kelganlar. 2019 yilda Italiyaning «Corriere dell Sera» gazetasiga intervyu bergan Putin Berluskonini dunyo darajasidagi siyosatchi deb maqtagan. Italyan siyosatchisi esa 2021 yili Rossiya prezidentini zamonaviy xalqaro siyosatning ko‘zga ko‘ringan yagona yetakchisi deb atagan.
Joriy yil 24 fevral kuni Rossiya qo‘shini Ukrainaga bostirib kirgach, Putinning Yevropadagi ko‘plab do‘stlari undan yuz o‘girdi. Masalan, Chexiyaning rossiyaparast deb baholangan prezidenti Milosh Zeman Ukraina bosqinini keskin qoralab, Rossiya rahbariyati bunday ish qilmaydi deb xato o‘ylagani uchun uzr so‘radi.
Kremlga xayrixoh yana bir siyosatchi — Yevropa kengashi Parlament assambleyasi prezidenti Tini Koks ham Putindan Ukrainadagi harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishni talab qildi.
Ukrainadagi so‘nggi hodisalar ortidan Rossiya prezidentiga xayrixoh bo‘lgan yana ko‘plab siyosatchilar undan uzoqlashdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda