18:11 / 13.04.2022
1 408

O‘zbekiston dunyoning 15 ta eng havosi ifloslangan mamlakatlari ro‘yxatiga kiritildi

O‘zbekiston dunyoning 15 ta eng havosi ifloslangan mamlakatlari ro‘yxatiga kiritildi
Foto: Getty Images
Biz nafas olayotgan havo nafas olish tizimini shikastlash xususiyatiga ega barcha turdagi mayda qattiq yoki suyuq aerozollarni o‘z ichiga oladi. Ammo sog‘liq uchun eng katta global xavf sanoat faoliyati natijasida chiqadigan tutun bug‘laridir.

Mikroskopik ifloslantiruvchi moddalar tananing eng chuqur hududlariga kirib boradi va astma, insult, yurak va o‘pka kasalliklariga olib keladi. Bu moddalar bolalarda miya rivojlanishiga ham xalaqit berishi mumkin.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 2021 yil sentabr oyida ushbu mayda zarrachalar uchun havo sifati bo‘yicha ko‘rsatmani har kubometr havo uchun 5 mikrogramgacha pasaytirdi.

Yaqinda 118 mamlakatning 6475 shahridagi havo ifloslanishi monitoringi ma’lumotlarini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, bu joylarning 97 foizi JSSTning sog‘lom havo bo‘yicha yangi PM2,5 yo‘riqnomasiga mos kelmaydi.

Dunyodagi havo eng ifloslangan 25 mamlakatni aniqlash uchun PM2,5 yillik o‘rtacha konsentratsiyalari bo‘yicha har bir kubometr uchunmikrogramlarda (mkg/m3) ko‘rsatilgan.

25 ta mamlakat orasida Markaziy Osiyodan 4 ta davlat joy olgan. Qozog‘iston 23-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, Tojikiston va Qirg‘iziston mos ravishda 4- va 7-pog‘onani band qilgan.

O‘zbekiston 12-o‘rinni egalladi. Mamlakatda PM2,5 konsentratsiyasi 42,8 mkg/m³ ga teng. Havo sifati yomonlashishiga chang bo‘ronlari, chiqindilarni yoqish, tog‘-kon, neft-gaz sanoati va avtomobillar chiqindilari sabab bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent, Farg‘ona va Olmaliq shaharlari havoning ifloslanish darajasi yuqori bo‘lgan shaharlardir.

Dunyodagi havo ifloslanishi eng yuqori davlat Bangladesh bo‘ldi. Shaharlarning kengayishi, qurilish, ifloslanishni yumshatish bo‘yicha markazlashtirilgan boshqaruvning yo‘qligi Bangladeshdagi havo sifati inqirozining kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.

2021 yilgi Jahon havo sifati indeksi hisobotiga ko‘ra, mamlakat havosining ifloslanishi o‘tgan yilgiga nisbatan 10 foizga oshgani taxmin qilinmoqda. Bangladeshda 2020 yilgi ma’lumotga ko‘ra, 165 mln aholi istiqomat qiladi va PM2,5 konsentratsiyasi — 76,9 mkg/m³.

2021 yil holatiga ko‘ra, dunyoning eng ifloslangan davlatlari o‘ntaligi:
1. Bangladesh — 77,1 mkg/m³
2. Chad — 75,9 mkg/m³
3. Pokiston — 66,8 mkg/m³
4. Tojikiston — 59,4 mkg/m³
5. Hindiston — 58,1 mkg/m³
6. Ummon — 53,9 mkg/m³
7. Qirg‘iziston — 50,8 mkg/m³
8. Bahrayn — 49,8 mkg/m³
9. Iroq— 49,7 mkg/m³
10. Nepal — 46 mkg/m³

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston dunyoning 15 ta eng havosi ifloslangan mamlakatlari ro‘yxatiga kiritildi