Foto: RTVI
Kipr hukumati yigirmadan ziyod «oltin pasport» egalarini fuqarolikdan mahrum qiladi. Bu haqda «Phileleftheros» gazetasi yozdi.
Pasporti olib qo‘yiladiganlar ro‘yxatiga tushganlar:
- Mixail Gutseriyev — «Safmar» guruhi direktorlar kengashi raisi;
- Aleksey Kuzmichev — «Alfa-Grupp» konsorsiumi asoschilaridan biri;
- Vadim Moshkovich — «Rusagro» DK direktorlar kengashi sobiq a’zosi;
- Aleksandr Ponomarenko — «Sheremetevo xalqaro aeroporti» direktorlar kengashi sobiq a’zosi;
- Yuqoridagi shaxslarning oila a’zolari.
Kipr hukumati oxirgi o‘tkazgan yig‘ilishida «oltin pasport»ga ega 21 kishini, jumladan, rossiyalik tadbirkorlar va ularning oila a’zolarini fuqarolikdan chiqarish ro‘yxatini tasdiqlagan. Ushbu chora va yuqoridagi shaxslarga qo‘llangan sanksiyalar o‘zaro bog‘liqligi aytilmoqda.
Kipr «oltin pasporti»
Kipr «oltin pasporti» (fuqaroligi)ni olmoqchi bo‘lgan xorijliklar orol shimolida 250 ming yevrodan boshlanadigan yoki janubi va poytaxtida 450 ming yevrodan boshlanadigan ko‘chmas mulkni xarid qilishlari kerak. Qo‘shimchasiga 100 ming yevro xayriya qilish ham talab etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"