Foto: The Times of Israel
Isroil mudofaa vazirligining ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari boshqarmasi hamda Rafael kompaniyasi o‘ta kuchli lazer sinovlarini muvaffaqiyatli yakunladi, deb xabar berdi mamlakat mudofaa vazirligi.
Xabarga ko‘ra, namunaviy model dronlar, minomyot snaryadlari, raketalarni muvaffaqiyatli ravishda tuta olgan. Rafael kompaniyasi ushbu tizimni Elbit Systems kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqqan.
"Maqsadimiz – ushbu tizimni imkon boricha tezroq ishga tushirish. Bu samarali, arzon va innovatsion himoya vositalariga ega bo‘lish imkonini beradi", - dedi Isroil mudofaa vaziri Beni Gans.
Qayd etilishicha, Isroil hukumati mamlakat chegaralari bo‘ylab bir nechta lazer majmualarini joylashtirishni rejalashtirgan.
Mamlakat bosh vaziri Naftali Bennet fevral boshlarida Isroil armiyasi bir yil ichida yangi lazer tizimiga ega bo‘lishini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tizimdan dastlab sinov rejimida Isroil janubida foydalaniladi, keyinroq esa mamlakatning barcha qismlarida ishga tushadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"