924
Kolumbiya Yevropa Ittifoqiga energiya resurslarini yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qildi
Foto: AP Photo
Kolumbiya Rossiya energiya resurslari o‘rnini qoplash uchun Yevropa Ittifoqiga energiya tashuvchilarni yetkazib berishni oshirishga tayyor. Bu haqda mamlakat prezidenti Ivan Duke CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat neft va gaz qazib olishni oshirishi, shuningdek, toza vodorod va ko‘mir yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishi mumkin. «Kolumbiya bugun ko‘mir qazib olishni oshira oladi. Bizda dunyodagi eng katta resurslardan biri bo‘lsak-da, undan energiya ishlab chiqarishda foydalanmaymiz», — deydi Duke.
U Germaniya kansleri Olaf Shols bilan muzokaralar yakuni bo‘yicha Kolumbiya ko‘mir yetkazib berishni oshirishini ma’lum qilgan.
Kolumbiya yetakchisi hozirda uch kunlik tashrif bilan Nyu-Yorkda bo‘lib turibdi. Tashrifdan maqsad — mamlakatga xorijiy investitsiyani jalb etish.
Kolumbiya Konchilik va energetika sanoati vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, neft-gaz sektoriga mamlakat YAIMning 3,3 foizi, foydali qazilmalarga esa YAIMning 2 foizdan biroz ko‘proq qismi to‘g‘ri keladi.
Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya nefti va gazini import qilishni taqiqlovchi qonunni imzolagandi. Yevropa Ittifoqi esa Rossiyaga qarshi oltinchi sanksiyalar paketi ustida ish boshlagani, u neft bilan bog‘liq cheklovlarni o‘z ichiga olishi ma’lum qilindi.
Yevropa Ittifoqi import qiladigan neftning 25 foizi Rossiya hisobiga to‘g‘ri keladi. Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda YEIga a’zo davlatlar Rossiyadan 48,5 milliard yevrolik neft, 22,4 milliard yevrolik neft mahsulotlarini import qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"