Foto: AFP
Rossiyada yillik inflyatsiya (2 apreldan 8 aprelgacha) 17,49 foizgacha tezlashdi. 1 aprel holatiga ko‘ra iste’mol narxlari indeksi 16,69 foizni tashkil etdi. 8 aprel kuni oziq-ovqat inflyatsiyasi 19,1 foizga yetdi. Bu haqda Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi ma’lumotlariga tayanib, «Vedomosti» xabar bermoqda.
2 apreldan 8 aprelgacha bo‘lgan hafta davomida Rossiyada iste’mol narxlari 0,66 foizga oshdi. Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyiga nisbatan inflyatsiya sekinlashdi. Ammo yil boshidan buyon iste’mol narxlari indeksi 10,8 foizga yetdi. Taqqoslash uchun: 2021 yil aprel oyida inflyatsiya yil boshidan buyon 2,72 foizni tashkil etgan edi.
2 apreldan 8 aprelgacha eng ko‘p margarin (3,1 foiz), qora choy (2,2 foiz), shokolad (2,1 foiz), pechene (1,9 foiz), makaron mahsulotlari (1,8 foiz) qimmatlashgan. Tovuq go‘shti, qaynatilgan kolbasa, grechka va tuzning narxlari 1,6 foizdan ko‘tarilgan.
Oziq-ovqat inflyatsiyasining o‘sishiga eng katta hissa meva-sabzavot mahsulotlari narxlari ko‘tarilishiga to‘g‘ri kelgan.
Rublning mustahkamlanishi fonida nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishi ham sekinlashishda davom etgan (bir hafta oldingi 0,9 foizdan keyin 0,51 foizga).
Rossiya Markaziy bankining prognoziga ko‘ra, 2022 yil oxiriga kelib Rossiyada inflyatsiya 20 foizni tashkil qiladi, 2023 yilda esa 8 foizgacha kamayadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"