18:18 / 16.04.2022
1 713

Zelenskiy Rossiya bosqini boshlanganidan beri qancha ukrainalik harbiy halok bo‘lganini aytdi

Zelenskiy Rossiya bosqini boshlanganidan beri qancha ukrainalik harbiy halok bo‘lganini aytdi
Foto: AP Photo
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy CNN telekanaliga bergan intervyusida Rossiyaning bosqini boshlangandan buyon harbiy harakatlar oqibatida 2,5 mingdan 3 ming nafargacha ukrainalik harbiy halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yana 10 mingga yaqin harbiy xizmatchi yaralangan. «Ularning qanchasi omon qolishini aytish qiyin», — deya qo‘shimcha qiladi Zelenskiy.

Ukraina prezidentining ta’kidlashicha, tinch aholi orasidagi qurbonlarni baholash qiyin, chunki mamlakat janubi va sharqidagi ko‘plab aholi punktlari qamalda va u yerda qancha odam halok bo‘lganini bilishning hozirda imkoni yo‘q.

Ukraina muntazam ravishda Rossiya tomonining jangovar yo‘qotishlari haqida ma’lumotlar berib kelmoqda. 15 aprel holati bo‘yicha Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabi 20 ming kishi halok bo‘lganini hisoblagan. Rossiya o‘z askarlarining halok bo‘lgani haqida bir marta — 25 mart kuni xabar bergan. O‘shanda urush boshlanganidan beri 1351 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi halok bo‘lgani va yana 3825 nafari yaralangani ma’lum qilingandi.

Bundan oldin Rossiya Kiyevdagi markazlarga zarba berish bilan tahdid qilgani, Mariupolda Ukrainaning 1026 nafar dengiz piyodasi taslim bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Rossiya bosqini boshlanganidan beri qancha ukrainalik harbiy halok bo‘lganini aytdi