1 084
Imomali Rahmon Qirg‘iziston yaqinidagi Isfara shahrida chegara masalasida yig‘ilish o‘tkazdi
Foto: Tojikiston prezidenti rasmiy sayti
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Qirg‘iziston bilan chegarada joylashgan Isfara shahriga borib, mahalliy faollar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Yig‘ilishda asosiy e’tibor chegara masalasiga qaratilgan.
Imomali Rahmon tarixiy Isfara shahrini tojik va qirg‘iz millatlarining do‘stlik munosabatlaridagi muhim hudud deb atadi. Uning aytishicha, 20 yil davomida ikki tomon ishtirokida o‘tkazilgan muzokaralarda 987 km uzunlikdagi tortishuvli chegara hududlarining 663,7 km borasida kelishuvga erishilgan.
Imomali Rahmon chegara borasidagi tortishuvli masalani ikki tomon manfaatlari uchun mos holatda tezroq hal qilinishini istashini aytdi. «Ammo hududiy-chegaraviy masalalar bo‘yicha kelishuvlar uzoq vaqt talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Bir narsani unutmang, dunyodagi eng qadimiy millatlardan bo‘lmish biz tojiklar azaldan har qanday muammoni sabr-toqat va aql bilan hal qilishga odatlanganmiz», deb prezidentning so‘zlarini keltirgan «Aziya-Plyus».
Tojikiston prezidenti uchrashuv yakunida isfaraliklarni qo‘shni mamlakat fuqarolari bilan yaxshi qo‘shnichilikda, hissiyotlarga berilmay, sabr bilan yashashga chaqirdi. «Xalqimiz aytganidek, qo‘shni tanlanmaydi», degan Imomali Rahmon. Prezident chegara masalalari faqat muzokaralar yo‘li bilan hal qilinishini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, Tojikistonning Isfara shahri Qirg‘izistonning Botken viloyati bilan chegarada joylashgan. Ushbu hududlarda chegarachilar va mahalliy aholi o‘rtasida tez-tez to‘qnashuvlar kuzatilib turadi. Joriy yil mart oyida ham shu chegarada otishma sodir bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi