1 399
Ukraina Rossiya hududidagi nishonlarga hujum qilish huquqiga ega — Britaniya Mudofaa vazirligi
Foto: «Life.ru»
Buyuk Britaniya Qurolli Kuchlari vaziri Jeyms Xippi «Ukraina tuprog‘ida o‘lim va qon to‘kilishiga bevosita hissa qo‘shadigan ta’minot zanjirlarini uzish» maqsadida Ukrainaning Rossiya hududidagi nishonlarga zarba berishini «mutlaqo qonuniy» deb atadi.
Vazirning aytishicha, buning uchun Britaniya tomonidan yetkazib berilgan qurollardan foydalanilgani muammo sanalmaydi, deb yozadi The Guardian.
«Bizning (Britaniya) qurollarimiz ukrainaliklar tomonidan Rossiyaning qonuniy harbiy nishonlariga qarshi qo‘llanilishi maqbulmi, degan savol tashlanmoqda? Nishonni qurol ishlab chiqaruvchi yoki eksport qiluvchi emas, balki ukrainaliklarning o‘zi tanlaydi», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan BBC.
Xippining ta’kidlashicha, xuddi shu darajada Rossiyaning ta’minot zanjirlarini yo‘q qilish uchun G‘arbiy Ukrainadagi nishonlarga zarba berishi qonuniydir. «Bu urushning bir bo‘lagi», — dedi u.
Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh viloyatlari, jumladan Belgorod va Bryansk viloyatlari rasmiylari Ukraina tomonidan muntazam ravishda o‘qqa tutilayotgani haqida xabar bermoqda. Ukraina odatga muvofiq bu ayblovlarga izoh bermayapti. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Vijdon bilan yuzma-yuz yoxud onasini kechira olmayotgan o‘g‘il