Foto: Reuters
Bir necha yil davom etgan siyosiy va moliyaviy inqirozdan keyin Livan aholisi endi ocharchilik xavfi ostida qolishi mumkin. Bu haqda Deutsche Welle xabar bergan.
Nashrning yozishicha, Germaniya iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vaziri Svenya Shulse mamlakatning Ukraina hamda Rossiyadan import qisqargani tufayli Butunjahon oziq-ovqat dasturi uchun ajratiladigan yordam miqdorini 10 million yevroga yetkazishini ma’lum qilgan.
«Biz odamlarning kunlik ehtiyojlari uchun oziq-ovqatga ega emasligini ko‘ryapmiz. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi Livandagi oziq-ovqat inqirozini yanada og‘irlashtirdi. Ukraina tovarlarni yetkazib bera olmayotgani oqibatida oziq-ovqat mahsulotlarining narxi ko‘tarilmoqda», – degan Shulse.
UNISEF ma’lumotlari bo‘yicha, Livanga bug‘doyning 80 foizini Ukraina va Rossiya yetkazib beradi. Butun dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshib borayotgani ushbu muammoni yanada murakkablashtiradi, portdagi vayronagarchiliklar sabab donni asraydigan omborxonalar ham yetishmayapti.
«Ikki yildan kam davr mobaynida to‘rtta katta inqiroz yuz berdi. Ular Livan boshidan o‘tkazayotgan og‘ir vaziyatni va inqirozni yanada keskinlashtirdi: mamlakat 2019 yilda iqtisodiy va moliyaviy inqiroz, COVID-19 pandemiyasi, Bayrutda portning portlashi va Ukrainadagi urush sabab qiynalmoqda», — deydi Livan strategik muammolari instituti direktori (LISA) Sami Nader.
Shulsening so‘zlariga ko‘ra, Livan uzoq kelajak uchun qarorlar qabul qilishi, shu bilan birga, qisqa davr uchun yordam olib, kelgusida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy inqirozlarga chap berishi lozim.
«Livan hukumati aholi o‘zini o‘zi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashi uchun shu yerning o‘zida, hozir qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishi kerak», — degan Germaniya vaziri.
Jahon banki Livan iqtisodiyoti 2019–2021 yillarda 60 foizga qisqarganini bugungi kundagi eng og‘ir moliyaviy inqiroz deb baholagan. Bundan tashqari, Livan lirasi o‘z qadrining 90 foizini yo‘qotgan. Banklar kapital harakatining norasmiy nazoratini joriy qilgan va odamlarni hisob raqamlaridagi omonatlaridan mahrum etgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Ilon Mask Eron elchisi bilan yashirincha uchrashdi