Yoshingizdan uyalmang, unutmang, boshqalar sizga havas bilan qaraydilar.
Ha, shunday: butun boshli 100 yil davomida omad yo‘ldoshingiz bo‘lmog‘i darkor. Avvalo, hammasi ishonchga bog‘liq. Sizning irsiyatingiz yaxshi bo‘lishi kerak.
Eng yaxshi maslahatlardan biri: oyog‘ingiz uzangida bo‘lgan paytda keting. Ana shunda katta qoniqish his etasiz, o‘zingizni omadli hisoblaysiz!
«Har kuni o‘zingiz uchun yoqimli nimadir qiling. Yoqimli ish bilan mashg‘ul bo‘ling». Muvaffaqiyatga erishgan kishilar ham, keksa nuroniylar ham shunday maslahat beradilar.
Hammasi o‘zingizning qo‘lingizda. To‘g‘ri tanlang – faqat ota-onalargina tanlanmaydi, qolganini hamisha tanlash mumkin.
Tafakkur haqida o‘ylash juda muhim. «O‘rganib bo‘ldim» deb hech qachon aytmang. Turli kurslarga qatnang. Yoshingizdan uyalmang, aksincha boshqalar sizga havas bilan qaraydilar.
Hazil-mutoyiba – hayotiy kuch, turmush mashaqqatlarini bartaraf etuvchi yaxshi yo‘l.
O‘z ustingizdan kulsangiz, boshqalarning ustingizdan kulishlariga yo‘l qo‘ymagan bo‘lasiz.
Odam qiziquvchan bo‘lmog‘i kerak. U o‘zining kulfat va iztiroblari ortidagi dunyo bilan qiziqishi zarur. Har qanday yangilik, yangi odamlar bilan tanishish yoki navbatdagi pesani ko‘rganda shavq-zavq olish – hayotni sidqidildan sevish kerak.
Yangi nimanidir o‘rganishingiz sizni baxtli qiladi va tafakkuringizni asraydi.
Uzoq yashayotgan ayrim ayollarning fikricha, «o‘zingizdan katta yoshdagi erkakka turmushga chiqmang, aksincha ish tuting». Biroq boshqalar bu fikrni inkor qiladilar. Ya’ni yoshi katta umr yo‘ldoshi ayoliga ko‘proq suyanchiq bo‘ladi.
Nima bilan shug‘ullanayotganingiz muhim emas – sevimli guruhingizning albomi muqovalarini yig‘ayotgan bo‘lishingiz mumkin. Ammo bu ishni bor ishtiyoqingiz bilan amalga oshirayotgan bo‘lsangiz – hayotsiz!
Iztirobga tushmaslikka, shunchaki yashashga harakat qiling. Muammolar tug‘ilganida ularni bartaraf etish uchun o‘zingizga ishonishga intiling. Kechirimli bo‘ling. Ana shunda muammolar o‘z-o‘zidan yechimini topadi.
Bir nuroniyning aytishicha, ko‘chmas mulkni garovga qo‘yib qarz olishi yetti yoshida bo‘lgan. U hammasini darhol to‘ladi. Shu bois iztirobga tushmaydi. Bu tamoyilga hozirgacha amal qiladi. Uzoq yashayotganining siri ana shunda.
Taqlid qilish uchun o‘zingizdan namuna oling va ulkan natijalarga erishishga harakat qiling.
Nabiraning yozganlari
Bir bolakay 101 yoshli buvisidan quyidagi tasviyalarni yozib olgan:
– To‘g‘riso‘z bo‘l. Men kamdan-kam yolg‘on gapirganman. Agar odamlarga nisbatan to‘g‘riso‘z bo‘lsang, ular ham sen bilan shunday munosabat o‘rnatishadi. Yolg‘on – haddan ziyod og‘ir ish bo‘lib, o‘zingni nihoyatda urintirishdir.
Qalbingni oching, ana shunda dunyo mo‘’jaz bo‘lib ko‘rinadi.
Boshqalarni diqqat bilan tingla. Qandaydir yangilik eshitasan. Qulayroq joylash, chunki ko‘p bilishingni namoyish etish uchun gapirganingda emas, o‘zgalarga quloq tutganingda ancha uzoqqa borasan.
Har kuni mizg‘ib olish uchun vaqt topishga harakat qil.
Sening oilang bitta, shuning uchun uni mahkam ushla. Moliyaviy yoki ruhiy bo‘ladimi, har qanday muammo tug‘ilganida ham oilangni mahkam tut. Qaysidir kunlar boshqalarnikidan yomon tuyuladi, biroq shunday bo‘lishi ham kerak: tun hammasidan ko‘ra tong yorishishidan oldin qop-qorong‘i bo‘ladi.
Men hayotni go‘zal qiladigan mayda-chuydalarni ilg‘ashga harakat qilaman. Bu lahzalarda vaqt sekin o‘tadi. Jarohat olmaslikka harakat qil.
Mening mashg‘ulotim ko‘p. Bingo o‘ynayman, qo‘l ishi va meditatsiya bilan mashg‘ulman, yoshi ulug‘ kishilarga mo‘ljallangan fitnesga boraman va yoga bilan shug‘ullanaman. Buning ustiga narx tushishini ko‘zdan qochirmayman, haftasiga uch marta do‘konlarga yuguraman.
Uzoq yashayotgan yana boshqa kishilarning maslahat berishicha, xotirjam uxlang, bezovta bo‘lmaslikka harakat qilib, yoqimli tushlar bilan zavqlaning.
– Yoqimli bo‘ling, – deydi ular. – Bu nuroniy yoshgacha yashayotganimizning sababi, atrofimizni sizni sevadiganlar tashkil etadi. Bekamu ko‘st bo‘ling.
101 yoshli Mariya Kuper jurnalistga intervyu berish uchun uni o‘zining boshqaruvidagi mashina sayriga taklif qildi.
– Men umrim bino bo‘lib ichmadim, chekmadim va giyohvand moddalar qabul qilmadim, – dedi Mariya Kuper. – Hech qachon ranjimaslikka intildim, ayniqsa yo‘lda bo‘lganimda. Men qattiq hayajon, ruhiy zarbalarni yomon ko‘raman. Ijobiy fikrlaydigan kishilar orasida bo‘lishni yoqtiraman, ular meni ruhlantiradi.
Iztirobga tushmaslikka, shunchaki yashashga harakat qiling.
Bo‘sh vaqtingiz kam bo‘lsin
Umuman aytganda, hayotdan zavqlanib yashang. Begonalarning ishlariga aralashmang va zararli ovqatlarni tanovul qilmang.
Yuqorida tilga olinganidek, kulgi salomatlikni asrashga yordam beradi. Agar siz hamma narsada kulgini ko‘ra olsangiz, uzoq yashaysiz. G‘am-g‘ussaga mushtingizni ko‘rsating, umidsizlikka tushmang. Kulayotganingizda jahl qila olmaysiz yoki g‘amga botmaysiz, yoxud hasad qilmaysiz.
O‘zingizga qarab, qurol topa oling. Ular hammada bo‘lib, bizning yashashimizga yordam beradi. Inson so‘z va tasavvur kuchiga ega. Eng yaxshi «qurol» ana shu!
Yaxshi ishtahangiz, do‘stlaringiz ko‘p va bo‘sh vaqtingiz esa kam bo‘lsin. Odam bo‘sh vaqtida turli o‘y-xayollarga beriladi-da! Risoladagidek umr yo‘ldoshi va xotirjam fe’l-atvor ham kerak.
Hech qachon mas’uliyatdan qochmang. Agar siz hech nimaga javob bermasangiz, mas’ullikka majbur qiluvchi qandaydir teskari ish qiling. Bu fikrlash qobiliyatingizni saqlash, hayotga qiziqishingiz va keyin ham tirik qolishingizga yordam beradi.
Hamisha sergak bo‘ling. Saxovat mukofotga muhtoj emas.
Diqqat-e’tiborli, faol va madaniyatli odam bo‘ling. Birovlarning nog‘orasiga o‘ynamang.
Chekmang, ichmang va taslim bo‘lmang. Bir kun bilan yashang va to‘lqinni tutib oling. Baxt istashingiz mumkin, biroq inson eng yaxshi narsalarni og‘ir damlarda kashf etadi.
Qilishingiz kerak bo‘lgan ishni bajaring. O‘ylamang, shunchaki amalga oshiring.
Uy hayvoni saqlang. Inson ba’zida o‘zini judayam yolg‘iz his etadi, uy hayvonlari esa bizning tirik jon ekanligimizni eslatib turadi.
Eng asosiysi, xotirjamlik! Hayotdan rohatlaning va unutmang: taqdirdan qochib bo‘lmaydi. Boriga shukr qiling, har kuni, har daqiqa, har lahzada shukr qiling.
Akbar Fathullayev
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi