Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan
Soch o‘sishini tezlashtirishga yordam beradigan bir necha usullar mavjud. Harper’s Bazaar Kazakhstan ulardan eng samaralilarini taqdim etdi.
Soch o‘sishi uchun ozuqaviy qo‘shimchalardan foydalaning
Buning uchun avval trixolog bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. U vaziyatni sezilarli darajada yaxshilashga yordam beradigan ozuqaviy qo‘shimchalarni tayinlaydi.
Sochni yuvishdan oldin mustahkamlovchi moylar surting
Mutaxassislar moyni haftada bir yoki ikki marta ishlatishni tavsiya qiladi. Uni bosh terisiga massaj harakatlari bilan qo‘llash kerak.
To‘g‘ri ovqatlaning
To‘g‘ri ovqatlanish, shubhasiz, soch o‘sishiga yordam beradi. Kuniga kamida bir marta baliq, tuxum yoki donli mahsulotlarni iste’mol qilish lozim, bu sochlarning keraklicha oqsil olishini ta’minlaydi.
Soch o‘sishi uchun maxsus shampundan foydalaning
Professional shampunlar soch follikulalarini yaxshiroq yetilishiga yordam beradigan oqsilni o‘z ichiga oladi.
Hissiy holatingizga g‘amxo‘rlik qiling
Stress soch o‘sishi sikliga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Kamroq asabiylashish uchun yoga yoki sevimli sport bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi.
Bosh terisi uchun niqobdan foydalaning
Sochlar sog‘lom bosh terisida eng yaxshi o‘sadi. Shuning uchun haftada kamida bir marta maxsus niqoblaridan foydalanish lozim.
Mikronidling
Mikronidling — bu mayda ignalar yordamida amalga oshiriladigan muolaja. Bu bosh terisida qon oqimini rag‘batlantiradi va mahsulotni yanada samaraliroq so‘rilishiga imkon beradi.
Professional taroqdan foydalaning
Sifatsiz taroqdan foydalanish sochlarning siyraklashishiga olib keladi. Mutaxassislar uchida dumaloq qoplamasi bo‘lgan taroqlardan foydalanishni tavsiya etadi.
Ipak bog‘ichlaridan foydalaning
Oddiy elastik tasmalar sochlarga zarar yetkazishi mumkin. Buning o‘rniga, soch to‘kilishini oldini oladigan ipak variantlarga ustunlik berish lozim.
Sochlarni muntazam kestirib turing
Muntazam ravishda soch uchidan kesib turish, unga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Mutaxassislar sochni har yarim oydan ikki oygacha bir marta kestirishni maslahat beradi.
Issiqdan himoya qiluvchi spreydan foydalanishni unutmang
Agar sochlarni ko‘pincha turmaklab yursangiz, issiqdan himoya qiluvchi spreydan foydalaning.
Tezkor yechim: ulama sochdan foydalaning
Agar ma’lum muddat kutishni xohlamasangiz, «soch o‘sishini tezlashtirish»ning eng yaxshi usuli — ulama sochlardir. Buning uchun tabiiy effektga erisha oladigan mutaxassislarga murojaat qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi