1 678
Qishga tayyorgarlik: qulupnay, gilos va boshqa rezavor mevalarni qanday muzlatish kerak?
Foto: Adobe Stock
Yoz — quvonchli, ammo qisqa mavsum. Sabzavot, meva va rezavorlar pishganida ko‘pchilik ularni to‘yguncha yeyishga harakat qiladi, lekin ozgina bo‘lsa ham chernika, malina, yejevika yoki qulupnay qolgan bo‘lsa, ularni muzlatib qo‘yishingiz mumkin. Bu rezavorlarni bir necha oy saqlashning eng oson yo‘li.
Eng yaxshi natijaga erishish uchun rezavor mevalarni yangiligida muzlatib qo‘ying. Haddan tashqari pishgan yoki so‘ligan rezavorlar muzlatgichda yaxshi saqlanmaydi. To‘g‘ri muzlatilsa, rezavorlar ko‘p oylar o‘zining mazali asl ta’mini saqlab qoladi. Buning uchun sizga kerak bo‘ladigan narsa yangi rezavorlardan tashqari, muzlatgich paketlari va muzlatgich kamerasi. Rezavorlarni alohida-alohida muzlatib qo‘yishingiz yoki keyinchalik ishlatish uchun ularni bir-biriga aralashtirishingiz mumkin.
Avvaliga mevada hech qanday poya, barg yoki pishmagan, shikastlangan rezavorlar yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun rezavorlarni saralang. Agar qulupnayni muzlatmoqchi qo‘ysangiz, yashil bandlarni olib tashlashni unutmang.
Foto: Adobe Stock
Mevalarni sovuq suvda yuvib, yaxshilab quriting. Ularni toza, quruq sochiq ustiga bir qavat qilib yoying va quriguncha kuting.
So‘ngra patnisga pergament qog‘ozi yoki polietilen plyonka solib, rezavorlarni bir qavat qilib tering. Patnislarni muzlatgichga qo‘ying. Odatda yaxshi muzlashi uchun bir necha soat kifoya qiladi, lekin iloji bo‘lsa rezavorlarni bir kechaga qoldirish mumkin.
Rezavorlar muzlagandan so‘ng, ularni og‘zi yopiladigan plastik paketlarga soling. Yopishdan oldin paketdan iloji boricha ko‘proq havo chiqarib tashlang.
Foto: Adobe Stock
Muzlatilgan rezavorlarni 6 oygacha yoki bir yilgacha saqlash mumkin. Iloji bo‘lsa, go‘sht va tayyor ovqatlarni bir tortmada, meva va sabzavotlarni boshqa tortmada muzlating.
Muzlatilgan rezavorlardan qanday foydalanish mumkin? Ushbu mahsulotdan foydalanishning eng mashhur usullaridan biri kokteyl va limonad tayyorlashdir. Muzlatilgan mevalar tufayli ichimlik muzdek va quyuq bo‘ladi. Avval blenderda rezavorlardan boshqa mevalarni pyure qiling, so‘ngra muzlatilgan rezavorlarni asta-sekin blenderga qo‘shing.
Foto: Adobe Stock
Bundan tashqari, muzlatilgan rezavorlardan shirinliklar pishirish mumkin. Ko‘pchilik yangi mevalardan pishirilgan shirinlikni muzlatilgan mevalardan ajrata olmaydi. Oshpazlar ham muzlatilgan mevali pishiriqlar yangilaridan ko‘ra yaxshiroq deb hisoblashadi. Muzlatilganda rezavorlar quriydi va pishirganda ortiqcha namlik bo‘lmaydi.
Foto: Adobe Stock
Vanihoyat rezavor mevalarni muzlatish murabbo, jele yoki chutni tayyorlashning ajoyib usuli hisoblanadi. Faqat rezavorlar yaxshi pishganida va yangiligida muzlatib qo‘ying, keyin ularni eritib, vaqt va xohishingiz bo‘lganda murabbo tayyorlang. Kuz yoki qishning salqin kunida murabbo tayyorlash va uyingizni murabbo hidiga to‘ldirish ajoyib bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»