2 266
Konditsioner va ventilyator bo‘lmasa: jaziramada uyni salqinlatish bo‘yicha layfxaklar
Foto: «Noviy ochag»
Konditsioner juda qimmatga tushadi, unga ko‘p elektr energiyasi sarflanadi. Ventilyator ham shunchaki issiq havoni haydab, deyarli hech qanday yengillik yaratmaydi. «Noviy ochag» nashri jaziramada uyni salqinlatish bo‘yicha mutlaqo bepul hamda oddiy usullar bilan bo‘lishdi.
Uyga konditsioner o‘rnatmaslikning bir qancha sabablari bor:
- oila budjeti;
- elektr narxi;
- juda mo‘rt devorlar;
- fasadlarni o‘zgartirishni taqiqlash.
Ammo uning o‘rnini bosuvchi boshqa usullar mavjud:
1. Yorqin rangli choyshab olinadi.
2. Uni suvga botirib, ortiqcha suv siqib chiqariladi.
3. Derazani ochib, unga nam choyshab ilinadi.
4. Kvartirada havo kiradigan barcha joyga shunday tarzda nam choyshab ilish tavsiya etiladi, hatto kirish eshigiga ham.
5. Vaqti-vaqti bilan choyshabni namlashni unutmaslik kerak: buni suv purkovchi qurilma yordamida amalga oshirish mumkin.
6. Nam matodan o‘tadigan havo salqin va tozalikni ta’minlaydi.
Yana bir layfxak uchun shunchaki idishda suv hamda ventilyator kerak bo‘ladi
Foto: «Noviy ochag»
Idishdagi suv biroz pastroq joyga qo‘yiladi. Ventilyator yo‘nalishi esa avval suvga urilishi, so‘ngra xonaga tarqalishi kerak. Shundagina xonada salqin havo yuzaga keladi hamda nafas olish osonlashadi.
Aytgancha, xonada gullarning ko‘pligi ham issiqdan saqlanishda yordam beradi
Foto: «Noviy ochag»
O‘simliklar shiddat bilan kislorod ishlab chiqaradi va kislorodga to‘yingan xonada erkin nafas olish mumkin. Faqat barglarni tez-tez changdan tozalashni unutmaslik kerak. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...