date

Burjlar haqida. Sigir (20 aprel - 20 may)

Burjlar haqida. Sigir (20 aprel - 20 may)

Ramzlari: buqa (qanotli), sigir (qanotli).
Ranglari: limonrang, sariq, och zangori, to‘q sariq, bahoriy ranglar (qizil– omadsiz rang).
Toshlari: feruza, sapfir, aqiq, opal, yashil marmar, nefrit, zumrad.
Gullari: marvaridgul, nastarin.
Omadli raqamlari: 2, 4, 6 (6 ga bo‘linadigan barcha raqamlar).
Omadli kunlari: dushanba, juma.
Omadsiz kuni: seshanba.

21-30 aprel oralig‘ida tug‘ilgan sigir burji vakillarini Merkuriy sayyorasi boshqaradi. Ular osongina ishqiy munosabatlar o‘rnatadi. Harakatlari nazokatli. Chiroyli narsalarga o‘ch, so‘ngi rusumda kiyinishga intiladi. Sayru sayohatga, o‘zga mamlakatlar, madaniyatlar va xorijiy tillarni o‘rganishga moyil. Ma’naviyat va diniy ta’limotlarga qiziqadi.
Chuqur mushohada yuritadi. Har qanday voqea-hodisaning mohiyatiga etib boradi. Kuchli matematik qobiliyatga ega. Ajoyib tijoratchi va tadbirkor. Hayotdagi barcha qiyin, murakkab vaziyatlardan yorug‘ yuz bilan chiqadi.

1-10 may oralig‘ida tug‘ilgan sigir burji vakillarini Oy boshqaradi. Ular doimo ko‘tarinki kayfiyatda yuradi. Tug‘ma oliyhimmat va kibor. Ayni paytda, rahm-shafqatli, samimiy, mohir notiq, so‘z bilan boshqalarga ta’sir eta oladi. Yaqinlariga o‘ta mehribon, g‘amxo‘r. Umrining oxirida katta muvaffaqiyat qozonadi.
Dunyoni uyg‘un holda qabul qiladi. O‘z ruhiyatida ham uyg‘unlik hukmron. Har qanday inson bilan umumiy til topisha oladi. Tashqi ko‘rinishdan go‘zal. Bolalarga va sevimli insoniga g‘amxo‘r. Hissiy lazzatlarga o‘ch.

11-20 may oralig‘ida tug‘ilgan sigir burji vakillarini Saturn boshqaradi. Ular mustaqil bo‘lishni xohlaydi. Ammo ko‘pincha boshqalarning, turli vaziyatlarning ta’siri, hatto tazyiqi ostida bo‘ladi. Hayotda ko‘p qiyinchiliklarga duch keladi. Moddiy jihatdar ham qiynaladi. Hammasini oqilligi, sabr-toqatliligi tufayli engib o‘tadi.
Ba’zan o‘zini yolg‘iz, hech kimga keraksizdek his etadi, tushkunlikka tushadi. Ichkilikbozlikka moyil. Har qanday gina-qudratni ham unutib, munosabatlarni tiklay oladi. His-tuyg‘ularini hamisha ham oshkora namoyon etavermaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Foydali » Burjlar haqida. Sigir (20 aprel - 20 may)